5.6.4.2. Izlarni optik mikroskop yordamida sanash
SR-39 detektorlarining qalinlish 100 mkm dan yuqori (ba’zan 1000 mkm atrofida) bo‘lgani sababli, undagi izlarni sanashda uchqunli razryad usulini qo‘llab bo‘lmaydi. U boshqa izli detektorlardan tiniqligi, qulayligi, fon sanoqlarining kamligi va energiyasi 0,1-20 MeV bo‘lgan alьfa-zarralarga o‘ta sezgirligi bilan ajralib turadi. SHu sababdan hozirgi paytda dunyo laboratoriyalarida eng ko‘p qo‘llaniladigan va tarqalgan detektordir.
SK-39 detektorlarining ekspozitsiya vaqti 7-90 kun, 6M NaON ishqori bilan edirish harorati va vaqti 70°S va 6-7 soat atrofida [186-188]. Ushbu sharoitda olib borilgan edirish jarayonida hosil bo‘ladigan α-izlarining diametri 5-10 mkm ni tashkil qiladi. SR-39 detektoridagi izlar sonini tez va aniq hisobga olish uchun mikroskopdagi tasvir telekamera orqali monitor ekraniga uzatiladi.
5.7-расм. Ўтувчи ёруғлик
Do'stlaringiz bilan baham: |