Aniqlash usullari
VIbob. RADON O‘ZBEKISTON MISOLIDA
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
VIbob. RADON O‘ZBEKISTON MISOLIDA
O‘zbekiston geologiyasi va ekologiyasida radon muammosi juda muhim rol o‘ynaydi, sababi Respublikada uran, fosforit va boshqa mineral ashyolar qazib olish texnologiyasi yaxshi rivojlangan. Bundan tashqari mamlakatning janubi-sharqiy qismida uran qazib olish va uni qayta ishlash jarayonida katta radioktiv to‘plamlar va chiqindilar maydonlari hosil bo‘lganidandir. Bu tabiiy nurlanuvchi manbalar to‘plami atrof-muhit va ularga yaqin joylashgan yashash punktlari va madaniy-maishiy binolarning radiatsiya muhitini buzuvchi va noturg‘unlikka olib keluvchi asosiy omillardir [192, 195, 200]. To‘plam va chiqindilar mahsulotining qurilish materiallari sifatida yaqin joylashgan xonadon va binolar konstruksiyasida ishlatilishi juda xavfli texnogen nurlanish oqibatlariga olib kelishi mumkin [195-200, 224, 226]. O‘tgan asrning 60-yillarida akademik V.I. Ulomov va uning izdoshlari Toshjent er osti suvlaridagi radon konsentratsiyasini aniqlash bo‘yicha boshlagan ishlari, Respublikamizda radonni o‘lchash bo‘yicha tashlangan birinchi ilmiy va amaliy qadamlardan biri edi. Ularning er osti suvlaridagi radon aktivligining to‘satdan o‘zgarishi, bo‘lajak zilzilaning xabarchisi degan ixtirosi, sobiq ittifoq fan va texnika qo‘mitasi tomonidan kashfiyot sifatida qayd qilingan [41]. 1966 yil 26 aprelda Toshkent shahrida ro‘y bergan kuchli zilzila, er qimirlashini oldindan aniqlash ishlarining rivojiga turtki bo‘ldi. 1966-1977 yillari V.I. Ulomov va uning shogirdlari qisqa muddatli zilzilalarni bashorat qilish usullarini ishlab chiqish va ularning darakchilarini aniqlash ishlari bo‘yicha, er osti suvlaridagi va gazlardagi radon variatsiyasi ko‘proq ma’lumotga ega degan fikrga kelishdi. 6.1 -paragrafda radon variatsiyasi zilzila darakchisi nomli maqola akademik V.I. Ulomovning ilmiy ishlaridan keltirilgan [190]. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling