6.2. Radon miqdorini va eksxalyasiyasini aktiv
metod yordamida o‘lchash
Respublikadagi keyingi radon o‘lchash ishlari prof. A.YA. YAfasov va uning shogirdlariga tegishlidir [193 -199]. Ular tomonidan sirt barьer Si detektori asosida, filьtrlarga o‘tirgan radonning hosilalarining aktivligini o‘lchaydigan RATON deb ataluvchi asbob yaratilgan [194]. Toshkent metropoliten bekatlari, ishchi xonalardagi radon mikdorining o‘zgarish dinamikasi, har xil geofizik va geotektonik zonalardagi radon xarakteristikalari shu asbob yordamida o‘rganildi [194-196]. SHu atrofdagi har xil qurilish materiallaridan qurilgan, bir va ko‘p qavatli yashash va ishchi xonalardagi radon variatsiyasi tekshirildi [197-199]. O‘lchash ishlarida RATON-dan tashqari, Germaniyada ishlab chiqilgan va hozirgi paytda ko‘pgina davlatlar mutaxassislari tomonidan eng ishonchli deb sanalgan A1rha-GUARD (5.1-bob) radon monitori, YAdro fizika instituti xodimlari bilan birga O‘zbekiston sharoitida sinovdan o‘tkazildi [193]. Ushbu asbob yordamida Toshkent shahri va uning atrofidagi bir va ko‘p qavatli uylardagi RHA mikdori, metro bekatlariga yaqin joylarda, zilzilalardan keyin hosil bo‘lgan er osti bo‘shlikdari, yoriqlari tarqatayotgan radon eksxalyasiyasi o‘lchandi [195, 196]. Natijada, Toshkent metropolitenining radon kartasi tuzildi va radiogen radonning er osti tektonik jarayonlarida darakchilik xususiyat-larigayangi ma’lumotlar qo‘shildi [198, 199].
Do'stlaringiz bilan baham: |