Aniqlash usullari
Radonni aspiratsion usul yordamida o‘lchash
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
5.2.1. Radonni aspiratsion usul yordamida o‘lchash
Aspiratsion usul radon hosilalarini suzgich (filьtr) materialida ushlanib yoki o‘tirib qolishiga va ularning va - zarralarini YAO‘D bilan qayd qilishga asoslangan. O‘lchanadigan havoning katga hajmi filьtrdan o‘tkaziladi, natijada toron va radon gazlarining metal hosilalari filьtrda ushlanib qoladi. Aspiratsion usulda quyidagi shartli operatsiyalar bajariladi: namuna havodagi aerozolь zarralari va radon hosilalari ishchi filьtrda ushlab qolinadi va ularning - va -zarralari maxsus ishlab chiqilgan reglament asosida sirt-barьer detektori yordamida qayd qilinadi [165, 166]. Rn-222 HA aniqlashda, radon hosilalarining (218Ro, 214Rb, 214Vi) yarim yashash davri va -zarralarning energiyalari va amplitudasi bo‘yicha ajratuvchi diskriminator-protsessorlarda bajariladi. 222Rn ning ekvivalent hajmiy aktivligini aniqlash uchun Kuznets metodi bo‘yicha o‘lchash vaqti 5-10 min [165] olinsa, Tomas-Teren-tьev metodi bo‘yicha aktivlik uch marta o‘lchanib [166] quyidagi formuladan topiladi: ARMHAEQ =ARn∙F=0,105A(1)+0,516A(6)+0,379A(3), (5.1) bu erda: A(1), A(2) va A(3) mos holda 218Ro, 214Rh va 214Vi hajmiy aktivligi, Bk/m3; F- muvozanat koeffitsienti, radon va uning RH aktivligi nisbati bilan aniqlanadi (asosan F<1); ARn∙F -Rn-222 hosilalariga ekvivalent qiymat yoki «yashirin energiyasi». Bu erda A(1), A(2) va A(3) kattaliklarini aniqlashda o‘lchash vaqti va ular orasidagi intervallarni hisobga oluvchi tenglamadan foydalaniladi. ARMHAEQ hajmiy aktivlik - Bk/m3 «yashirin energiya» birligida - MeV/l ifodalash uchun uning qiymatini 34,6 ga ko‘paytirish kerak. Agar «yashirin energiya»ni (Mev/l) RIJQ (J/m3) birligida ifodalash uchun quyidagi ifodadan foydalaniladi: 1RIJQ = 1,3∙105 MeV/l = 20,8∙10-6 J/m3 (5.2) Amaldagi tajribalarda filьtrlarning o‘lchash vaqtini o‘n marta va undan ham ko‘proq kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun filьtrlardan o‘tuvchi havo tezligini bir necha marta ko‘paytirish kerak. Zamonaviy filьtrlar juda sifatli bo‘lib, havoni o‘tkazish tezligi 200 l/min ni, aerozollarni tutish koeffitsienti 95% ni tashkil qiladi. 218Ro va 214Ro -nurlanish energiyalari mos holda 6,1 MeV va 7,7 MeV ga teng bo‘lib, ularning energiyalari farqi 1,6 MeV ga tengdir. 218Ro va 214Ro -zarralarining energiyalarida katta farq bo‘lgani uchun -spektrometrlar ularni oson ajratadi. Radon hosilalari bo‘lgan 218Ro va 214Ro radionuklidlarining umumiy hajmiy aktivligi quyidagicha aniqlanadi [198]:
+{(λA [(λA-λC )(ξCλC –ξ2λ2+ξ2λB)+ +λAλC]( 1-e-λ(C)τ) e-λ(C)τ/(λA –λC)(λB-λC)}, (5.5) bu yerda: Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling