Aniqlash usullari
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- RKM-145 ssintillyasion radon monitorining tashqi ko‘rinishi.
5.3. Ssintillyasion usul
Radon va uning hosilalari chiqaradigan -zarralarni qayd qilishda ZnS(Ag) ssintillyatorlari keng qo‘llanilmoqda. Hajmi 0,8-1,5 l atrofida bo‘lganssilindrsimon shisha yacheykalar ichiga namuna havo nasos yordamida kiritiladi. Namuna havo yacheykaga haydalgan vaqtdan uch soat o‘tgandan keyin uning aktivligini o‘lchash mumkin. Sababi bu vaqt oralig‘ida radon o‘zining hosilasi bilan muvozanat aktivlikni o‘rnatishga ulguradi. YAcheykaning ichki aylana yuzasi ssintillyasiya (chaqnash) beruvchi kumushli rux sulьfid bilan qoplangan. Radon va uning hosilalarining α-zarralari ssintillyator yuzasi bilan to‘qnashgan joyda ko‘zga ko‘rinuvchi (λ=0,6 mkm) chaqnash hosil bo‘ladi. Bu chaqnashlarni fotoelektron ko‘paytirgich (FEK) qayd qilib, elektr signallariga aylantiradi. Ssintillyasion usulning sezgirligi va effektivligi juda yuqoridir. α-zarralarni energiya bo‘yicha ajratish kobiliyatining pastligi va yacheyka devorining hosila radionuklidlar o‘tirishi bilan ifloslanib qolishini uning nuqsoni deyish mumkin. Birinchi ssintillyasion kamera Lukas yacheykasi bo‘lib [169] -vakuumli shisha kolbaning ichki yuzasi ssintillyasion material bilan qoplanib, uning optik shaffof yuzasiga FEK ulangan. Radon gazi Lukas yacheykasiga vakuum asbobi yordamida so‘riladi. Sloveniyada ishlab chiqilgan RRM-145 portativ radon monito-rining [170] ishlash prinsipi yuqoridagadek bo‘lib, uning tashqi ko‘rinishi 5.4-rasmda keltirilgan. 5.4-rasm. RKM-145 ssintillyasion radon monitorining tashqi ko‘rinishi. Monitor ikkiqismdan: diametri Ø = 11 sm, balandligi=42 sm o‘lchamlissilindrsimon himoya qoplama (SHQ) va boshqarish panelidan iborat. Ular hajmi 45x35x15 sm3 li keysga (jomadonga) o‘rnatilgan. Qoplama ichiga ssintillyasion yacheyka, FEK, kuchlanish manbai va impulьslarni kuchaytirgich bloki joylashtirilgan. Ulchash vaqtidassHQ vertikal xolda o‘rnatiladi. Xonadagi radon mikdorini aniqlash uchun yacheyka ichiga xona havosi haydaladi va uch soatdan keyin yacheyka FEK ustiga o‘rnatilib, himoya qopqog‘i yopiladi (qopqoqsiz radon monitori ishlamaydi). Monitorning ikkinchi qismi - boshqarish paneli, akkumulyator, elektr kuchlanish manbai, klaviatura va displeydan iborat. Monitor ishlashi uchun klaviatura orqali tegishli raqamlar kiritiladi va buyruq beriladi Asbobning o‘lchash kengligi 20∙105 Bk/m3 bo‘lib, o‘lchash xatoligi ±40% ni tashkil qiladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling