Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari. Reja


Download 31.14 Kb.
bet1/7
Sana28.03.2023
Hajmi31.14 Kb.
#1301960
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari



Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari.
Reja:


  1. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash haqida



  1. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish



IONLASHTIRUVCHI NURLANISH MANBALARI AYLANISHINI DAVLAT TOMONIDAN HISOBGA OLISH VA NAZORAT QILISH TIZIMINI TASHKIL ETISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
“Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasini, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi uch oy muddatda radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini davlat hisobi va nazoratiga qo‘yish mezonlarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ularning potensial radiatsiyaviy xavfliligi bo‘yicha toifalarini aniqlashni nazarda tutsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari:
uch oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar;
yuridik shaxslar, shu jumladan idoraviy mansub tashkilotlar va jismoniy shaxslarning ushbu Qoidalar talablariga rioya qilishi bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.

Download 31.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling