Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari. Reja


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV


Download 31.14 Kb.
bet2/7
Sana28.03.2023
Hajmi31.14 Kb.
#1301960
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
1. “Davlat sanitariya nazorati”, “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ushbu Qoidalar ionlashtiruvchi nurlanish manbalari – yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar, ularning tarkibidagi radioaktiv manbalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini (keyingi o‘rinlarda INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi deb ataladi) tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Qoidalar INM qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi, utillashtirilishi, zararsizlantirilishi va ko‘mib tashlanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi INM aylanishi subyektlari, shuningdek INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlari uchun majburiydir.
II. Asosiy tushunchalar
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ionlashtiruvchi nurlanish — radioaktiv parchalanishda, yadroviy evrilishlarda, moddadagi zaryadlangan zarralar harakatining sekinlashuvida hosil bo‘ladigan hamda muhit bilan o‘zaro ta’sir etish chog‘ida har xil qutbli ionlarni hosil qiladigan nurlanish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) — o‘zidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir bo‘lgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda, yadroviy materiallar;
Oldingi tahrirga qarang.
INM aylanishi subyektlari — O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi, zararsizlantirilishi va ko‘mib tashlanishi bo‘yicha INM aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 31.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling