Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari. Reja


Download 31.14 Kb.
bet3/7
Sana28.03.2023
Hajmi31.14 Kb.
#1301960
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari

yadroviy materiallar — tarkibida yadro moddalari mavjud bo‘lgan yoki bo‘linadigan (parchalanadigan) yadro moddalari ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan, shuningdek tarkibida yadro materiallari bo‘lmagan yoki yadro materiallari ishlab chiqarishga qodir bo‘lmagan, biroq yadro ichidagi energiyasi portlab ajralib chiqilishiga (yadro portlashi) mo‘ljallangan qurilmalarda foydalanilishi mumkin bo‘lgan materiallar;
radioaktiv manba — tarkibida yadroviy materiallar yoki radioaktiv moddalar bo‘lgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai;
radioaktiv moddalar — tarkibida belgilangan radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalarining eng kam qiymatidan ortiq aktivlikdagi radionuklidlar bo‘lgan har qanday agregat holatidagi yadroviy materiallarga tegishli bo‘lmagan moddalar;
Oldingi tahrirga qarang.
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonunchilikda belgilangan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan har qanday agregat holatidagi moddalar.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
III. INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining maqsadlari va vazifalari
4. Quyidagilar INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining maqsadlari hisoblanadi:
INMning mavjud miqdorini aniqlash;
INM nobudgarchiligi, ulardan ruxsat berilmagan foydalanish va ularni talon-toroj qilishning oldini olishni ta’minlash;
INMning mavjudligi va joyi o‘zgarishi to‘g‘risida belgilangan tartibda xolisona va ishonchli axborot taqdim etish.
5. Quyidagilar barcha darajalarda INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
INMning milliy reyestrini shakllantirish uchun ma’lumotlarni rasmiylashtirgan holda INMni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni yuritishni tashkil etish;
INM nobudgarchiligi, ulardan ruxsat berilmagan foydalanish va ularning o‘g‘irlanishini aniqlash;
INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan normativ va metodik hujjatlarni, shu jumladan INMning miqdori, aktivligi va radionuklid tarkibini aniqlash metodikasini ishlab chiqish;
zamonaviy kompyuter texnologiyalari negizida INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimini yagona dasturiy va axborot bilan ta’minlashni tashkil etish;
radiatsiyaviy vaziyatni nazorat qilishning yagona davlat avtomatlashtirilgan tizimi, atrof muhit radiatsiyaviy monitoringining davlat tizimi, favqulodda vaziyatlar davlat tizimi bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida axborot ayirboshlashni tashkil etish.

Download 31.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling