Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari. Reja
VIII. INM aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish sohasida davlat organlarining o‘zaro hamkorligi
Download 31.14 Kb.
|
Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy xususiyatlari
VIII. INM aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish sohasida davlat organlarining o‘zaro hamkorligi
Oldingi tahrirga qarang. 23. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi quyidagi masalalar: (23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son) yadroviy material, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aholiga va atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishining oldini olish bo‘yicha - Favqulodda vaziyatlar vazirligi va hokimliklar bilan birgalikda qo‘shma tadbirlarni ishlab chiqish; Oldingi tahrirga qarang. Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda - yo‘qotilgan radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni izlashni yoki topilgan radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning kelib chiqishini aniqlashni tashkil etish; (23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va hokimliklar bilan birgalikda — radiatsiyaviy vaziyatini nazorat qilishning yagona davlat avtomatlashtirilgan tizimini, atrof muhit, INMni saqlash va ko‘mish punktlari, ifloslangan radionuklidli hududlarning radiatsiyaviy monitoringi davlat tizimini amalga oshirish; (23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son) Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda — INM aylanishida sodir bo‘lgan avariyalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tugatish yagona tizimini tashkil etish; manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan axborot ayirboshlash bo‘yicha — o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar vositasida amalga oshiriladigan INMni hisobga olish va nazorat qilish davlat tizimini yaratish va uning faoliyat ko‘rsatishida boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikdagi faoliyatni amalga oshiradi. Oldingi tahrirga qarang. 24. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va Ichki ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi faoliyat ko‘rsatishida tabiatni muhofaza qilish, radiatsiya, yadro, texnik va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solishni ta’minlaydilar. (24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son) Oldingi tahrirga qarang. 25. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati noqonuniy xatti-harakatlarni aniqlash, oldini olish, INM yashirin sotilishi, tarqatilishi va foydalanilishiga barham berish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshiradilar. (25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son) Download 31.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling