Aniqlash usullari


Download 1.61 Mb.
bet57/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

4.3. Radonning nurlanishi
4.3.1. Radonning yillik effektiv dozasi
Dunyo aholisi tabiiy va texnogen radioaktiv manbalar tomonidan doimiy nurlanishlar ta’sirida yashaydi. Bunday nurlanishlarning 50-70% i radon va uning hosilalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aholining atmosfera yoki uy havosi tufayli radondan oladigan o‘rtacha yillik effektiv doza birligi mZv/yil bilan ifodalanadi. Ko‘p mamlakatlarda - aholi va maxsus korxona xodimlari uchun aholining nurlanish dozasining chegara qi11matlari tegishlicha 1 mZv/yil va 5 mZv/yil teng deb qabul qilingan [135,140, 141, 205].

Radonning yillik effektiv dozasi (YED) quyidagi formuladan topiladi [85, 86]:



YED=ƩƩT(ah, uh)ARn(ah, uh ) F(ah, uh) D (4.1)

bu erda: YED, mZv/yil; T(ah, uh)-odamning bir yil davomida atmosfera (ax) va xona havosida (xh) o‘tkazadigan vaqtlari, st; ARn(ah, uh ) - RHA atmosferadagi va xona havosidagi o‘rtacha qiymati, Bk/m3; F(ah, uh) -muvozanat koeffitsienti; D - doza koeffitsienti.

Birlashgan millatlar tashkilotining atom radiatsiyasi ta’sirini o‘rganish ilmiy komiteti (BMTARTO‘IK), ya’ni (NKDAROON yoki UNSCEAR) doza koeffitsienti qiymatini 9 nZv∙m3/Bk∙st ga teng deb olishni tavsiya etgan. YA’ni, muhitdagi RHA = 1 Bk/m3 va radon o‘z hosilalari bilan muvozanatda bo‘lganda, odam uy tashdarisidami yoki ichkarisidami, undan qa’ti nazar, u bir soat (st) davomida 9 nZv teng bo‘lgan effektiv doza oladi [147].


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling