Aniqlash usullari


Download 1.61 Mb.
bet50/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

Birimchi vaziyat uchun (3.7) tenglamani echishning (3.1-rasm, a) chegaraviy shartlari A(0)=0 A()= bo‘yicha tenglama ushbu ko‘rinishni oladi:

A1(z)=(1- (3.10)

Erdan chiqayotgan radon oqimi zichligi ushbu tenglama ko‘rinishini oladi:



E1(z)│z=0=D (3.11)

bu erda:



Y1=+

Ikkinchi vaziyat uchun (3.7) tenglamani echipshing (3.1-rasm, b) chegaraviy shartlari o‘zgaradi faqat z o‘qi bo‘yicha qiymatlari o‘zgarmaydi va 0 nuqta poydevor asosidan boshlanadi. Poydevor betoni qalinligini h bilan belgilasak, tuproqdan chiqayotgan radon oqimi poydevor g‘ovaklari orqali bino ichiga kirib keladi. Bu vaziyatdagi chegaraviy kattaliklar quyidagi ko‘rinishni oladi:

A(-h)=0 va A()=, (3.12)

(3.12) tenglamadagi chegaraviy shartlarni hisobga olganda, (3.7) tenglamaning echimi quyidagicha bo‘ladi:



A2(z)=(1-ex) (3.13)

bu erda:


Y2= +

Bu holda poydevordan bino ichiga kirayotgan radon oqimi zichligi:



E2(z)|z=-h=DY2, (3.14)

(3.11) va (3.14) tenglamalar farqidan shu narsani ko‘ramizki, agar ikki vaziyatda ham radonning sizish tezligi bir xil bo‘lsa, tuproq yuzasidan chiqayotgan radon oqimi zichligi poydevor yuzasi oqimi zichligi bilan tenglashadi. Ikkinchi vaziyatda radon oqimi zichligini quyidagi tenglamadan aniqlasa bo‘ladi:



E2(z)|z=0=DY2ex+ν2(1- ex), (3.15)

Bu ikki vaziyatdagi sizib kirayotgan radon tezligi bir-biridan farq qiladi. Sababi koxlovanga bino qurilgandan keyin poydevor tagidagi tuproqning gidrogeologik dinamikasining o‘zgarishi tuproqning boshqa parametrlariga ta’sir etadi. Masalan, birinchidan, gazlarning o‘tkazuvchanlik xususiyati o‘zgaradi; ikkinchidan, «atmosfera-tuproq» va «tuproq-bino» havo sistemasi bo‘yicha bosim o‘zgarishi, bino poydevoridan 10 m tuproq chuqurligigacha va uning atrofiga bo‘lgan bosim kuchayadi; uchinchidan radonning sizish tezligi ikki vaziyat uchun har hil kechadi. «Tuprok-bino» sistemasida vujudga keladigan bosim va harorat gradientlari yil davo-mida o‘zgarmaydi. Ammo «atmosfera-tuproq» sistemasidagi bosim va harorat gradientlari o‘zgarishi ob-havoga bog‘liq.

Bundan shunday xulosa qilish mumkinki. ikki vaziyatdagi poydevorlarning radon oqimi kattaligi bir-biridan juda farq qilar ekan. Anik ma’lumot olish uchun bino ko‘tarilgandan keyin poydevorning RET qiymatini tajriba yo‘li bilan o‘lchash yoki tuproqning ma’lum parametrlari bo‘yicha nazariy hisoblash zarur [4].

Nazariy hisoblarda eng qiyin parametlarning biri radonning konvektiv oqim tezligi. Bu parametr ko‘proq binoning konstruktiv xususiyatlariga, ya’ni poydevor sifatiga, birinchi qavat xonalari tagidagi erto‘lalarga va ob-havo sharoitlariga bog‘likdir.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling