6.4.2. RRM-145 asbobi bilan RSKsini aniqlash
Radonning suvdagi konsentratsiyasini aniqlashda ssintilyasion usulni qo‘llash foydalidir, sababi metodning qayd qilish effektivligi yarim o‘tkazgichli detektorlarga nisbatan bir necha marta yuqori. Suvdagi radonni ssintillyasion usul bilan aniqlash uchun suvdagi radon gazi ssintillyasion yacheyka ichiga haydaladi va 3 soatdan keyin yacheykadagi aktivlik RRM-145 asbobida o‘lchanadi. 6.11-rasmda ssintillyasion usul yordamida radonning suvdagi konsentratsiyasini aniqlash moslamasining sxematik ko‘rinishi tasvirlangan.
6.11-rasm. Ssintillyasion usul yordamida RSKsini aniqlash:
1- havo haydash nasosi, 2 - namuna idishi, 3 - ssintillyasion yacheyka, 4 - elastik havo naychalari.
Hajmi 0,5 l li toza idishga (2) naycha yordamida hajmi 0,25 l namuna suvi quyiladi va idish (2) sistemaga ulanadi. Havo nasosi (1) naycha (4) orqali, idishdagi (2) suv ichiga 20 min davomida havo haydab, undagi hamma radonni ssintillyasion yacheyka ichiga o‘tkazadi. YAcheykadagi 222Rn uch soatdan keyin o‘zining hosilasi 218Ro bilan muvozanat hosil qilgandan keyin ssintillyasion yacheykaning aktivligi o‘lchanadi va (6.9) ifoda bo‘yicha RSK aniqlanadi.
ARn =(sRn/tRn-sfon/tfon) eλt/( V2/V1)k, (6.9)
bu erda: ARn - radonning suvdagi konsentratsiyasi, Bk/l; sRn va sfon-radonnint suvdagi va fondagi o‘rtacha impulьslar soni, imp; tRn va tfon- o‘lchash vaqti, sek; V1 - o‘lchash kamerasi hajmi, 0,8 l; V2- namuna suv hajmi, 0,25 l; λ - emirilish doimiysi, st-1; t-suv namunasi olingan vaqt bilan uni o‘lchash orasida o‘tgan vaqt, st; k- detektorning qayd qilish koeffitsienti.
Do'stlaringiz bilan baham: |