Aniqlash usullari
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
5.5. Elektret detektorlar
Tashqi elektr maydoni ta’sirida qutblanib yoki elektrlanib qolish va bu xususiyatni tashqi maydon yo‘qolgandan keyin ham saqlash xossasiga ega dielektrik qattiq jismlar elektret detektorlar qatoriga kiradi. Qutblangan elektret detektorlarning o‘zi shunday maydon hosil qiladiki, natijada muhitdagi gaz ionlarini yig‘ib oladi. Elektret detektorlarning solishtirma qarshiligi juda katta diapazonda 1012-1016 Om∙m joylashgan. Elektretlarni hosil qilishning har xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan biri tashqi kuchlanish maydoniga qo‘yilgan dielektrik yordamida elektronlarni elektron tuzoqlarga yig‘ishdir. YAna biri termoelektr usul bo‘lib, kutblangan dielektrik tashqi elektr maydonida ma’lum temperaturagacha qizdiriladi va sekin sovutiladi. Natijada elektretlarning elektr zaryadlarni saqlash bo‘yicha yuza zichlik sig‘imi – 10-8 Kl/sm2 tashkil kiladi. Bu zaryadlarni o‘lchash uchun dinamik kondensator yoki elektrometrlardan foydalaniladi. Radonning hajmiy aktivligini o‘lchash uchun avvaldan zaryadlanib qo‘yilgan xalqasimon formadagi elektret detektori (teflon dielektrigi) aerozolь filьtri bo‘lgan kameraga o‘rnatiladi. Elektret detektorning RHAo‘lchash prinsipi ionizatsion kameraning ishlash prinsipiga o‘xshash bo‘lib, filьtrdan o‘tgan radon gazlari kameraga yig‘iladi. Radon va uning hosilalari ka-mera havosini ionlashtirib elektretning zaryadini ma’lum bir mikdorga o‘zgartiradi. Elektretdagi zaryad miqdorining o‘zgarishi RHA kattaligiga proporsionaldir. Radon va toron gazlarini ajratish uchun kamerada aerozolь filьtrlardan tashqari maxsus diffuzion va ushlash filьtrlari ham qo‘llaniladi. Elektretlarning ekspozitsiya vaqti teflon disklarning qalinligiga bog‘liq bo‘lib: qalinligi 1,52 mm bo‘lganda ekspozitsiya vaqti 2 kundan 7 kungacha, qalinligi 0,127 mm bo‘lganda esa - 1 oydan 12 oygachadir [109]. Rossiyada (NMTK AJ S.-Peterburg) ishlab chiqarilgan IAR-01E-02U markali radon elektretining o‘lchash diapazoni 20-104 Bk/m3 bo‘lib, uning o‘lchash xatoligi ±30% ni tashkil qiladi. Elektret detektorlarning asosiy kamchiliklari - ularning γ-nurlanishlarga va namlikka juda sezgirligi va tasodifiy zarbalarda elektretning o‘zidan o‘zi razryad berishidir [4]. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling