Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
137 
haydov qatlamida bir yillik bedadan 37,5 sentner, ikki yillik bedadan 41,7 sentner 
va uch yillik bedapoyadan 66,3 sentner ildiz massasi to‘planganligi aniqlangan. 
Dala tajribalarimizda kuzgi bug‘doy ang‘iziga tabiiy don to‘kilgan qatlamga 
bedaning ekish me’yor va muddatlarini tuproqda to‘plagan ildiz va ang‘iz qoldiqlari 
miqdorini o‘rganganimizda, bedadan keyin tuproqda anchagina miqdorda ildiz 
qoldiqlarini yig‘ilishi aniqlandi.
Farg‘ona viloyatining och tusli soz tuproqlar sharoitida olib borgan dala 
tajriba maydonimizda kuzgi bug‘doy ang‘iziga tabiiy don to‘kilgan tuproq yuzasini 
chizel borona bilan 5-8 sm yumshatib, yozgi muddatda 15 avgustda beda urug‘larini 
18 kg/ga me’yordagi miqdorda ekilganda o‘rtacha gektar hisobida tuproqning 0-30 
sm qatlamida 42,6 sentnerni, 30-50 sm qatlamda 8,8 sentnerni, 50-100 qatlamda esa 
5,0 sentnerni, jami 0-100 sm qatlamda esa 56,4 sentnerni tashkil etdi. Shunday 
kuzatuvlar beda urug‘larini ekish me’yori 20 kg/ga miqdorda bo‘lgan 2-variantda 
ham kuzatilib, tuproqning 0-30 sm qatlamida 48,0 sentner, 30-50 sm qatlamda 10,7 
sentner, 50-100 qatlamda esa 6,1 sentner, jami 0-100 sm qatlamda esa 64,8 sentnerga 
teng bo‘ldi. Tabiiy to‘kilgan bug‘doy donlari orasiga beda urug‘larini 22 kg/ga 
me’yorda ekilgan variantda ko‘chat qalinligini ortib borishi natijasida ildiz-ang‘iz 
qoldiqlari miqdori bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar kuzatilib, boshqa (1-2 var.) 
variantlarga nisbatan tuproqning 0-30 sm qatlamida 5,9-11,3 sentnergacha, 30-50 
sm qatlamda 2,6-4,5 sentnergacha, 50-100 qatlamda esa 1,3-2,4 sentnergacha, 0-100 
sm qatlamda esa 9,8-18,2 sentnergacha yuqori bo‘lishi kuzatildi. 
Tabiiy to‘kilgan kuzgi bug‘doy donlari ko‘karib turgan maydonga qishki 
muddatda 15 fevral sanasida beda urug‘larini ekish me’yori 18 kg/ga miqdorda 
ekilgan 4-variantda o‘rtacha gektar hisobida tuproqning 0-30 sm qatlamida 42,2 
sentner, 30-50 sm qatlamda 9,8 sentnerni, 50-100 qatlamda esa 5,4 sentnerni, 0-100 
sm qatlamda esa 57,4 sentnerni tashkil etib, shu me’yorda beda urug‘lari yozgi 
muddatda 15 avgustda ekilgan (1-var) variantga nisbatan 0-100 sm qatlamda 1,0 
sentnergacha ko‘p ildiz ang‘iz qoldiqlari qolgani aniqlandi (1-jadval). 
Beda urug‘larini ekish me’yori 20 kg/ga miqdorda bo‘lgan 5-variantda 
tuproqning 0-30 sm qatlamida 48,9 sentner, 30-50 sm qatlamda 11,6 sentner, 50-100 
qatlamda esa 5,4 sentner, jami 0-100 sm qatlamda esa 66,9 sentnerni tashkil etib, 
shu me’yorda 15 avgustda urug‘ ekilgan 2-variantga nisbatan 0-100 sm qatlamda 2,1 
sentnergacha yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Tabiiy to‘kilgan bug‘doy donlari orasiga 
hamkor ekin sifatida 15 fevral sanasida beda urug‘larini ekish me’yori 22 kg/ga 
miqdorda belgilangan 6-variantda ildiz-ang‘iz qoldiqlari miqdori boshqa (4-5 var.) 
variantlarga nisbatan tuproqning 0-30 sm qatlamida 5,3-12,0 sentnergacha, 30-50 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling