Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
136 
UDK:633.3I14 
KUZGI BUG‘DOY ANG‘IZIDA YETISHTIRILGAN BEDANING 
ILDIZ QOLDIQLARI 
 
Saydalieva Nodira Kaxxarovna 
 PSUEAITI mustaqil izlanuvchi 
Annotatsiya Maqolada Farg‘ona viloyati och tusli soz tuproqlari sharoitida 
kuzgi bug‘doy ang‘izida tabiiy to‘kilgan don va beda еtishtirishda tuproq 
qatlamlarida beda ildiz qoldiqlarini qoldirishi haqida bayon etilgan. 
Kalit so‘zlar:kuzgi bug‘doy, beda, urug‘, me’yor, ildiz qoldig‘i
Respublikamizda qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish, aholini oziq-
ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi hamda chorvani еm-xashakka bo‘lgan ehtiyojini 
to‘liq qondirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirib 
kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 
yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot 
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonida “Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda 
intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar 
oshirish, qishloq ho‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga еtkazish”
1
muhim 
bo‘lgan strategik maqsadlardan biri sifatida belgilab berilgan. Shu jihatni inobatga 
olgan xolda respublikamizda beda ekinidan yuqori va sifatli hosil еtishtirish 
agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish 
zarurati yuzaga kelmoqda. 
Almashlab ekish tizimida еm-xashak sifatida ekiladigan beda o‘simligi tuproq 
mikrofaunasi, fizik-mexanik xossalarini va agrokimyoviy tarkibini yaxshilash uchun 
tuproqda biomassa hosil qilishda iqtisodiy jihatdan yuqori samaradorlikga ega 
bo‘lgan biologik meliorant hisoblanadi. Beda qishloq xo‘jaligida, biologik jihatdan 
toza bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishda, talab etiladigan tuproqlarning unumdorlik 
va ekologik holatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, qishloq 
xo‘jaligida uyg‘unlashgan tizimda ikki tomonlama, ya’ni dehqonchilik va 
chorvachilik sohalari faoliyatini rivojlantirish uchun muhim manba hisoblanadi. 
Beda o‘simligining tuproqdagi organik modda va azot bilan boyituvchi qismi 
uning ildiz va ang‘iz massasi hisoblanadi. Ildiz massasini to‘planishi uchun uning 
yoshi, navi va tuproq sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. 
O‘zbekistonda beda o‘simligining tuproq unumdorligini oshirishdagi 
ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari 
amalga oshirilgan bo‘lib, P.M Bodrov, M.A Sorokin [25; 11-b] dala tajribalarida 
sug‘orib dehqonchilik qilinadigan bo‘z tuproqlar sharoitida bir gektar (0-30 sm) 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling