Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
170
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida nasos stansiyalaridan foydalanish samaradorligiga
ta’sir qiluvchi omillarning tasnifi tuzilgan.
Ma’lumki, nasos stansiyasining suv olib keluvchi inshootlardagi gidravlik
jarayonlarning, nasoslar ichida yuz beruvchi gidromexanik jarayonlarning, xamda
suv ko‘tarib berishni xisobga olish bo‘yicha nazoratning ayrim xollarda yo‘qligi
bilan bog‘liq bo‘lgan ekspluatatsion jarayonlarning ayrim masalalari ko‘rilmoqda.
Chunki bu masalalar ilmiy asoslangan еchimlarni talab qiladi.Gidravlik, mexanik va
elektrik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ekspluatatsion tadbirlar kompleksi
nasoslarning energetik ko‘rsatkichlarini yaxshilashi lozim, ya’ni ularning foydali ish
koeffitsienti (FIK)ni yuqori darajada bo‘lishiga imkoniyat yaratish kerak. Ma’lumki
FIK o‘lchov birliksiz universal ko‘rsatkich bo‘lib, nasosning uch asosiy parametri
(suv xaydash, bosim va quvvat)ni umumlashtiradi, xamda nasos ishining naqadar
samaradorligini ifodalaydi [2,4].
1-rasm. Nasosning to‘la bosimi.
М
х
г
=
(1)
Bu еrda g, x, m – indekslar bo‘lib, FIKning turlarini bildiradi, mos ravishda g-
gidravlik, x-xajmiy, m-mexanik;
η
g
va η
x
miqdori nasoslarning ishlash tartibi va ularning ishlash sharoitiga bog‘liq
bo‘ladi. Kavitatsiya xodisasi tufayli xamda suv oqimi tarkibidagi qattiq
zarrachalarning ta’siri tufayli nasos ishchi qismlarining еyilishi natijasida η
g
va η
x
ularning kamayishi yuz beradi.
Nasos stansiyalaridan foydalanish ularning ko‘pchiligining suv xaydashi loyixada
ko‘rsatilganidan ancha past ekanligini ko‘rsatdi. Buning asosiy sabablari suv
keltiruvchi gidrotexnik inshootlarning qoniqarsiz gidravlik rejimi xamda nasos ichki
elementlarining еyilib ketishidir [3,5,7].
Nasoslar elementlarini kavitatsion – abraziv ta’sir tufayli еyilishining texnik –
iqtisodiy oqibatlari murakkab xolatda namoyon bo‘ladi. Birinchidan nasosning
Do'stlaringiz bilan baham: |