Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
173
Internet ma’lumotlari
10. www.Suvmash.uz;
11. www.Suvsanoatmash.uz;
12. www.Aziagidromash.uz;
UO‘T:532: 627.4
DARYOLAR O‘ZANLARINING G‘ADIR-BUDIRLIK
KOEFFITSIENTLARINI ANIQLASH MASALALARI
1
I.A. Ibragimov
−“Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari” kafedrasi
dotsenti, PhD. (
ilxom1985@mail.ru
)
2
M.A. Mirzayev
−“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi
tayanch doktoranti. (
mirzayevmirzabek1996@gmail.com
)
3
D.I. Inomov
− “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi
tayanch doktoranti. (
inomov.dilmurod@mail.ru
)
“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
Annotatsiya. Ushbu maqolada tabiiy o’zanlarda suyuqlik harakatiga qarshilik
ko’rsatuvchi kuch va shu kuchni vujudga keltiruvchi o’zan g’adir-budirligini
aniqlash bo’yicha olimlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ma’lumot
berilgan. O’zanda mavjud g’adir-budirlikni ifodalash uchun shartli ravishda
kiritilgan ga’dir-budirlik koeffitsiyentini aniqlash formulalari keltirilgan.
Kalit so’zlar: Daryo, o’zan, g’adir-budirlik koeffitsiyenti, emperik formula,
Shezi koeffitsiyenti.
Ma'lumki, g’adir-budirlik koeffitsienti Shezining tezlik ko`paytuvchisi bilan
bog'liq. Shezi tezlik ko`paytuvchisini hisoblash uchun taklif qilingan empirik
formulalar orasida shartli ravishda g’adir-budirlik koeffitsienti deb ataladigan "n"
parametri mavjud. Uning qiymati odatda g’adir-budirlik koeffitsienti shkalalari
(Horton, King, N.M. Nosov, M.F. Srebniy, M.A. Mostkov va boshqalar) bo'yicha
o`zanning xususiyatlariga bog`liq holda belgilanadi. Shuni ta'kidlash kerakki,
hozirgi vaqtda qabul qilingan g’adir-budirlik koeffitsientlari shkalalari ham sun'iy
kanallar, ham tabiiy o`zanlari uchun mo`ljal qilib hisoblanishi kerak.
Masalan, Horton yoki King shkalasiga ko'ra, bir xil xususiyatlarga ega bo`lgan
hatto tekis va silliq kanallar yuzalari uchun relyef yuzalarining holatiga bog`liq
holda g’adir-budirlik koeffitsientining to'rtta qiymatlari berilgan: bular "juda
yaxshi", "yaxshi", "oddiy" va "qoniqarsiz".
Do'stlaringiz bilan baham: |