Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
181
UO‘T: 626.25
TOSHRABOT GIDROUZELIDAGI YILLIK SUV OQIMI TAHLILI.
Ibragimov I.A.
−
“Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari” kafedrasi
dotsenti, PhD.
ilxom1985@mail.ru
Mirzayev M.A.
−
“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi
tayanch doktoranti.
mirzayevmirzabek1996@gmail.com
Inomov D.A.
−
“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi tayanch
doktoranti.
inomov.dilmurod@mail.ru
Ergashev Sh.
−
“Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va
tashxisi” mutaxassisligi magistranti.
“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
Annotatsiya. Ma’lumki, biz qishloq xo‘jaligini isloh etishda sug‘oriladigan
еrlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor bermoqdamiz. Bu
vazifa eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelgan va bundan keyin ham
shunday bo‘lib qoladi. Chunki, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning
samaradorligi, mamlakatimizning iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash,
nafaqat
qishloq mehnatkashlari, balki butun O‘zbekistonimiz aholisining moddiy
farovonligini oshirish bebaho boyligimiz bo‘lgan
еrimizning unumdorligi, uning
sifatini muntazam yaxshilab borish bilan uzviy bog‘liqdir.
Kalit so’zlar: Amudaryo, gidrouzel, kanal, xronologik grafik.
Ishning
dolzarbligi shundaki, Amudaryo suvlarini Buxoro viloyatiga olib
kelish qadimdan bo‘lgan g‘oya edi. Birinchilardan bo‘lib o‘tgan asrning 20 yillarida
V.M.Chapligin Zarafshon vodiysiga suvlarni olib kelish to‘g‘risida kitob yozgan.
Keyingi yillarda bu to‘g‘risida «UZGIP», «O‘zdavsuvloyiha» institutlari Amudaryo
suvini Zarafshon va Qashqadaryo еrlariga olib kelish sxemalari va loyihalari ustida
ishlashdi. Zarafshon-Hazara daryosiga Amu-Buxoro
mashina kanali orqali suv
berilishi, bu masalani uzil kesil еchishga olib keldi. 1967 yilda Buxoro viloyatini
G‘ijduvon va Shofirkon, Navoiy viloyatini Qiziltepa tumanini suv bilan ta’minlash
maqsadida Zarafshon daryosida Toshrabot gidrouzeli ishga tushirilgan.
Amu-Buxoro mashina kanalining ishga tushirilganiga ham (1965 yil) 50 yil
bo‘ldi. Bu davrda kanal hayotida juda katta o‘zgarishlar, jarayonlar bo‘lib o‘tdi. Shu
sababli Zarafshon daryosi va Amu-Buxoro mashina
kanalidagi suvdan oqilona
foydalanish maqsadida gidrouzellarda suv taqsimlashdagi suv hisoblarini olib borish
bugungi kunning muhim vazifadir.
Toshrabot gidrouzeli Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanining 27150 gektar va
Shofirkon tumanining 29304 gektar, hamda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining