Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
187
Daryodagi mavjud shpora va dambalar holatini o‘rganish ularning bunday
miqdordagi suv sarfini bezarar o‘tkazib yuborishga bemalol imkon berishini
ko‘rsatdi. Lekin uzoq; muddat ishlatilib kelinayotganligi bois ularning ba’zilari
qisman yuvilib, ba’zilarida yorilish holatlari ro‘y bergan (1-rasm).
A B
2-rasm. Daryo qirg‘oqlarining yuvilishi.
Jumladan, Beruniy tumani 1-qator himoya dambasining Biybozor uchastkasida
dambaning yuvilish holati mavjud bo‘lib, tuproq damba 20 metrcha qismi butkul
yuvilib ketgan. Qirg‘oklarni himoyalash dambalari va o‘zanlarni tartibga solish
inshootlari boshqarmasi tomonidan ushbu vaziyatni o‘nglash uchun daryo oqimini
o‘ng qirg‘oqdan uzoklashtirish uchun oqim yunaltiruvchi shporani mustahkamlash
(tosh to‘kish orqali) ishlari olib borilmoqda. Boshqa uchastkalarda ham ishlar
amaldagi reja asosida olib borilmoqda. Amudayoning Qorakalpog‘iston
Respublikasi To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqa’la tumanlarining daryo bo‘yi hududidagi
qishloq xo‘jalik ekin maydonlariga ta’siri natijasida еrlar meliorativ holatini (grunt
suvlari sathini) o‘zgarishini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, avgust oyi
davomida grunt suvlarining еr yuzasiga nisbatan yotish sathi To‘rtko‘l tumanida -
o‘rtacha 1,62 m, Ellikqa’la tumanida – o‘rtacha 1,85 m, Beruniy tumanida - o‘rtacha
1,44 m chuqurlikda ekanligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichlar To‘rtko‘l va Beruniy
tumanlarida 2017 yilga nisbatan 10 - 15 sm ga yuqori, Ellikqa’la tumanida esa 2017
yil ko‘rsatkichidan past darajada (3 a-b-v rasmlar).
3 a-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani ekin
maydonlaridagi grunt suvlari sathining o‘zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |