Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
190
To‘rtko‘l tumanidagi K-5-1 zovurida esa zovur etagida joylashgan suzib
yuruvchi nasosni (elektr energiyasi uzib-uzib berilishi natijasida) to‘liq ishlamasligi
ham zovurda suv yig‘ilishi va u xizmat ko‘rsatadigan hududda grunt suvlari sathini
ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan.
Shuni alohida takidlash joizki vaziyatni yumshatish uchun hududdagi mavjud
zovurlarni to‘g‘ri ishlatilishi muhim vazifalar hisoblanadi.
Birlamchi tadbirlar qatorida K-5-1 zovuridagi 369-suzib yuruvchi nasosni 10
kun davomida uzluksiz ishlashini taminlash tavsiya qilindi. Mazkur tadbir To‘rtko‘l
tumani O‘zbekiston (7 f/x -95 ga), Shurxon (4 f/x -82 ga) va Sh.Rashidov (2 f/x 24
ga) suv iste’molchilari uyushmalarining 201 ga ekin maydonlaridagi suv sathini tez
muddatda pasaytirishga imkon yaratadi.
Beruniy va Ellikqa’la tumanlarida sug‘orishga berilayotgan suvlar miqdorini
kamaytirish tavsiya qilinadi.
Xorazm viloyati Xazorasp tumanidagi Atov meliorativ nasos stansiyasini
to‘xtovsiz ishlatish tumandagi zaxi ko‘tarilgan 180 ga maydonnni meliorativ holatini
tezda yaxshilashga imkoniyat yaratishi tavsiya qilinadi.
Grunt suvlari sathi ko‘tarilishidan aziyat chekkan ekin maydonlarining
ko‘pchiligi daryoning qayirida joylashgandir. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 7 apreldagi 174-sonli qarori bilan kuchga kirgan
Nizomning 22-bandiga ko‘ra (suv sarfi sekundiga 100 kub metrdan ortiq bo‘lgan
(Amudaryo kabi) daryolarning qirg‘og‘idan - 300-500 metr masofadagi hudud)
daryo qayirlari suv muxofazasi zonasi hisoblanib, ularda xo‘jalik faoliyati olib
borish cheklangandir. Qishloq xo‘jalik ekinlarining joylatirilishi mazkur qoidaga
amal qilish asosida olib borilsa samarasiz mehnatga (ekin nobud bo‘lishiga) o‘rin
qolmaydi.
Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan birlamchi tadbirlar bilan birga daryo
qirg‘oqlarini himoyalash va ekin maydonlari meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha
yaqin kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.
Xulosa o‘rnida shuni takidlash joizki daryo qirg‘oqlarini himoyalashning
biologik usullarini (qirg‘oqlarga tuproq mustahkamlovchi daraxtlarni ekish)
rivojlantirish kerak, bunda daraxtlarning biologik drenajlik xususiyatiga ham e’tibor
qaratilsa ekin dalalarida grunt suvlari sathini ko‘tarilishini oldini olishga erishiladi.
Shuningdek, daryoning 1-qator himoya dambalarigacha bo‘lgan qayir qismini
ekologik hududga aylantirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |