Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
188 
3 b-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqa’la tumani ekin 
maydonlaridagi grunt suvlari sathining o‘zgarishi 
Ekin maydonlari grunt suvlarining еr yuzasiga nisbatan yotish sathi 
ko‘rsatkichlari barcha tumanlarda qariyb 2017 yil darajasiga yaqin, faqatgina 
tumanlarning daryo qirg‘og‘iga yaqin joylashgan hududlarida suv sathining bir 
muncha ko‘tarilganligi kuzatildi. 
3 v-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani ekin 
maydonlaridagi grunt suvlari sathining o‘zgarishi 
Jumladan, To‘rtko‘l tumanidagi O‘zbekistan, Shurxon va Sh.Rashidov, 
Beruniy tumanidagi Shobboz, Qiyatobod, Biybozor va Beruniy, Elikka’la 
tumanidagi Bozyab va Chiysalang suv iste’molchilari uyushmalarining 
Amudaryoga yondosh bo‘lgan ekin maydonlarida vegetatsiya davrida grunt suvlari 
sathining ko‘tarilishi yuz bergan. Natijada dalalardagi namlik darajasi yuqori bo‘lib, 
agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish imkoni bo‘lmagan. 
Xorazm viloyatining Bog‘ot, Xazorasp, Urganch, Gurlan tumanlaridagi 
Amudaryoga yaqin bo‘lgan hududdagi ekin maydonlarida ham grunt suvlari 
sathining (yer yuzasidan 1 m chuqurlikkacha) ko‘tarilganligi kayd etildi (4-rasm). 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
189 
 
4-rasm. Xorazm viloyatning Amudaryoga yondosh ekin maydonlarida 
grunt suvlari sathining o‘zgarishi (2019 yil) 
Yuzaga kelgan holatning asosiy sabablaridan biri daryo suvi sathining 
ko‘tarilishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan xo‘jaliklararo va xo‘jalik zovurlarining 
qoniqarsiz ishlashi bo‘lgan. 
Daryo suvi sathining ko‘tarilishi asosan daryo bo‘yidagi 1 km gacha bo‘lgan 
qayir zonasi hududidagi maydonlar grunt suvlari sathini ko‘tarilishiga ta’sir etgan. 
Undan tashqaridagi hududda esa grunt suvlari sathini ko‘tarilishi zovurlarning sizot 
suvlarni to‘liq olib chiqib keta olmayotganligi sababli yuz bergan. Zovurlarning 
yaxshi ishlamasligi sabab esa ularning sholi maydonlaridan tashlanayottan suvlar 
ta’sirida tezda suvga to‘lib qolishidir. 
O‘rganilgan hududlarda sholi ekilgan maydonlarning haddan ziyod ko‘pligi 
zovurlarni tezda suvga to‘lib qolishiga sabab bo‘lib, zovurlar o‘zlarining sizot 
suvlarni olib chiqib ketish funksiyasini bajara olmay qolgan. Natijada paxta 
еtishtiriladigan maydonlarda sizot suvi sathi yuqoriga (yonidagi sholi maydonidagi 
sug‘orish suvi sathi tomonga) ko‘tarila boshlagan va dalada agrotexnik tadbirlarni 
olib borishga imkon bermaydigan holat yuzaga kelgan. 
Paxta dalalarining bunday aziyat chekishining birinchi sababi ekin 
maydonlarini noto‘g‘ri joylashtirilishidan boshlangan. Sababi, yuqorida 
aytilgandek, paxta ekin maydonlariga xizmat ko‘rsatishi uchun mo‘ljallangan 
(loyixalashtirilgan) zovurlar xizmat ko‘rsatadigan hududlarda sholini ko‘plab 
joylashtirilishi tufayli, zovurlarga rejadagidan ko‘proq suvlarni olib chiqib 
ketishlariga to‘g‘ri kelgan. Natijada zovurlar suvni olib chiqib ketishga ulgurolmay 
qolishgan va ularda suv yig‘ila boshlagan. Oqibatda suvga to‘lgan zovurlar 
dalalardagi grunt suvlari sathini pasaytirish o‘rniga ko‘tarilishi (“subirrigatsiya 
effekti”) yuzaga kelgan. 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling