Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
254
tomonidan
tayyorlangan Markaziy Osiyoning ekologik tarmoqlari loyihasi ham
e’tiborga olinadi [6, 7].. Bu O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalari
o‘rtasida TMETHlarni tashkil etish uchun hamkorlikda kompleks tadqiqotlar olib
borishni talab etadi. MSOP bo‘yicha Ia, Ib va II kategoriyaga ega bo‘lgan METHlar
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida mavjud emas. Shuning uchun,
mazkur viloyatlarda yangi METHlarni tashkil etish va mavjudlarini ekologik karkas
talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish dolzarb xisoblanadi. 1-karta–
sxemadagi VIII-zona Toshkent viloyati va Farg‘ona, Andijon va Namangan
viloyatlari hududiga to‘g‘ri keladi [1, 9].
Mazkur zonada tashkil etilishi rejalashtirilgan METHlar quyidagilar:
Ohangaron va Chodak daryolari irmoqlarining yuqori qismlarini o‘z ichiga olgan
Ibn Sino o‘rmon xo‘jaligi hududida davlat qo‘riqxonasi (27); Markaziy Farg‘onada
tabiatdan foydalanishning qulay ekologik zonasi (32);Sirdaryo qayirlarida
Abdusamat qo‘riqxonasi (33); Markaziy Farg‘onada Qaraqalpaq cho‘li davlat
qo‘riqxonasi (34); Adir mintaqasida buyurtma qo‘riqxonasi (35, 36); aniq ish
tartibiga ega bo‘lgan tabiatdan foydalanish zonasi (42, 43); 2-tartibli yadroga ega va
mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan tabiat bog‘i (45); 1-tartibli yadroga ega va
mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan tabiat bog‘i (53) [9]. Tashkil etish rejalashtirilgan
METHlardan 27, 33, 35, 36, 42, 43, 45 va 53 raqamlar bilan ko‘rsatilganlari
O‘zbekistonning chegara zonalariga to‘g‘ri keladi [9]. Shuning uchun, Tojikiston va
Qirg‘iziston Respublikalari bilan hamkorlikda mazkur METHlarni tashkil etish va
takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish hamda kelishuvlarga erishish
hozirgi kundagi muhim vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |