Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Qosimov Dilshodbek Baxodirovich 
 Farg‘ona davlat universiteti ekologiya 
kafedrasi o‘qituvchisi
Mamirova Zulfiya Ibrohimjon qizi 
 Farg‘ona davlat universiteti, geografiya 
kafedrasi magistri 
 
Annotatsiya: 
Ushbu 
maqolada 
еrdan 
foydalanish 
tuzilmasi 
optimallashtirishning
 
geoekologik jihatlari tahlil qilingan va hududlarning ekologik-
xo‘jalik holatini baholash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
257 
Tayanch so‘zlar: geoekologik vaziyat, ekologik-xo‘jalik ko‘rsatkichlar, 
baholash, ekologik muammolar, ekologik-xo‘jalik holat, ekologik-xo‘jalik 
muvozanat. 
Jamiyat manfaatlarini qondirishda muhim bo‘lgan moddiy ne’matlarni 
yaratishda еr resurslarining ahamiyati kattadir. Shu bois, iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlarini yanada rivojlantirish va samarali isloh qilinishi ularni еr resurslariga 
bo‘lgan ehtiyojini optimal darajada qondirish hamda mavjud еr resurslaridan unumli 
foydalanish bilan bog‘liqdir. Barqaror rivojlanish konsepsiyasida belgilangan 
maqsad va vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, asosan, tabiat xilma-
xilligini saqlab qolish va muhofaza qilishga yo‘naltirilgan yangi yondashuvlarga 
bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bunday yondashuvlardan biri ekologik-xo‘jalik holatni 
(EXH) baholash konsepsiyasi bo‘lib, insonning xo‘jalik faoliyati bilan tabiat 
o‘rtasidagi munosabatlarning uyg‘unlashgan shaklini belgilash va qo‘llab-
quvatlashga qaratilgandir [1, 2].
Mintaqaning ekologik-xo‘jalik holati va muvozanatini tahlil qilish bo‘yicha 
tadqiqotlar 
V.B.Sochava, 
A.P.Zolovskiy, 
A.G.Isachenko, 
B.I.Kochurov, 
Yu.G.Ivanov, V.A.Lobkovskiy, Yu.Axmadaliev, O.Abduganiev va boshqalar 
tomonidan olib borilgan. Hududining EXHni baholash uchun quyidagi 
ko‘rsatkichlar: еrlarning turi va toifasi bo‘yicha taqsimlanishi, METHlarning 
maydoni, hudud maydoni bo‘yicha antropogen bosimning turi va darajasi
hududning ekologik va ho‘jalik holat bo‘yicha zo‘riqish darajasi, antropogen 
yukning integral intensivligi, hududning tabiiy himoyalanish imkoniyati hamda 
mintaqadagi ekologik zahira uchun ajratilgan еrlarning holati tahlil qilinadi. Yerdan 
foydalanish tuzilmasining tahlili еr kadastri klasssifikatsiyasidagi asosiy еr toifalari 
va turlari bo‘yicha amalga oshirildi.
Mintaqadagi еr toifalariga mos keluvchi antropogen yuk (AYu) darajasi 
ekspert baholash ballari asosida aniqlandi, unga muvofiq har bir еrdan foydalanish 
turlari mos holda ball belgilanadi. Bunday yondashuv еrdan foydalanish turlarini 
ball ko‘rsatkichi bo‘yicha guruhlarga ajratish imkonini beradi. Mintaqadagi AYu 
baholash uchun ekspertlar tomonidan to‘plangan ball shkalasi (1-jadval) ishlab 
chiqildi. Unga muvofiq har bir еrdan foydalanish turi ma’lum bir ball oladi. Shunday 
qilib, barcha еr fondi xo‘jalik faoliyat turiga va еrdan foydalanish intensivligiga 
ko‘ra oltita toifaga ajratildi.



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling