Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
124
ovqatlanish uchun oqsillarning asosiy qismini turli hil donlar (bug‘doy, loviya,
boshqa dukkaklilar va hokazo) va kartoshka tarkibidagi kraxmal shaklida iste’mol
qilish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, boshqa dukkakli donlar singari moshning tarkibida ham asosiy
oziqli moddalar-oqsillar, yog‘lar va uglevodlar mavjud bo‘lib, ular muayyan
miqdorda kaloriya hosil qilish xususiyatiga ega. Masalan, 100 gramm mosh 288
kaloriyadan 338 kaloriyagacha, 100 gramm guruch esa 330-370 kaloriya energiya
hosil qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Atabaeva X.N, Sattarov M.A, Idrisov X.A Sug‘oriladigan maydonlarda mosh
еtishtirishning intensiv texnologiyasi bo‘yicha tavsiyanoma.Toshkent 2019
2. Zoxidov.A.Z,Ismoilov M.N Moshning oziqli qimmati.T.”O‘zbekiston”. 1984
3. Kogay.M.T Sug‘oriladigan еrlarda don-dukkakli ekinlarni еtishtirish-
“O‘zbekiston” nashriyoti 1973
4. ”Agro bisnes” inform iqtisodiy-ijtimoiy jurnali. “Dukkakli ekinlar tuproq
unumdorligini oshiradi”. №07/90-2014y
UO‘T:633.53
OZIQ-OVQAT HAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA OQSILGA
BOY MOSHNING AHAMIYATI
Idrisov Xusanjon Abdujabborovich
− q.x.f.f.d (PhD), dotsent,
FarDU Agrar qo‘shma fakulteti Email:
idrisovhusanzon@gmail.com
Jahon miqyosida aholining oziq-ovqat havfsizligini ta’minlashda agrar
sohaning o‘rni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Jumladan,
mamlakatimizda ham mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, hosildorlik va
manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy
yondashuvlarni joriy etish dolzarb masaladir.
Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, respublika aholisini tarkibida organizm
uchun zarur bo‘lgan oqsil hamda vitaminlar mavjud bo‘lgan, shuningdek, doimo
sifat jixatdan, to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda eng qimmatli
dukkakli ekin moshning ahamiyati nihoyatda kattadir.
Mosh (Phaseolus aureus PIiper. va oxirgi klassifikatsiya bo‘yicha Vigna
radiate (L) Wilzek) ozuqalik qiymati jihati yuqori bo‘lgan dukkakli-don
ekindir.Dunyoda bugungi kunda takroriy ekin sifatida dukkakli-don ekinlari 91,6
mln. gektar maydonga ekilib, o‘rtacha don hosildorligi 12,0 s/ga, yalpi hosil 206,4
mln tonnani tashkil etadi. Ekiladigan maydon hajmi jihatidan jahonda soyadan keyin
Do'stlaringiz bilan baham: |