Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
Download 7.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish 137 haydov qatlamida bir yillik bedadan 37,5 sentner, ikki yillik bedadan 41,7 sentner va uch yillik bedapoyadan 66,3 sentner ildiz massasi to‘planganligi aniqlangan. Dala tajribalarimizda kuzgi bug‘doy ang‘iziga tabiiy don to‘kilgan qatlamga bedaning ekish me’yor va muddatlarini tuproqda to‘plagan ildiz va ang‘iz qoldiqlari miqdorini o‘rganganimizda, bedadan keyin tuproqda anchagina miqdorda ildiz qoldiqlarini yig‘ilishi aniqlandi. Farg‘ona viloyatining och tusli soz tuproqlar sharoitida olib borgan dala tajriba maydonimizda kuzgi bug‘doy ang‘iziga tabiiy don to‘kilgan tuproq yuzasini chizel borona bilan 5-8 sm yumshatib, yozgi muddatda 15 avgustda beda urug‘larini 18 kg/ga me’yordagi miqdorda ekilganda o‘rtacha gektar hisobida tuproqning 0-30 sm qatlamida 42,6 sentnerni, 30-50 sm qatlamda 8,8 sentnerni, 50-100 qatlamda esa 5,0 sentnerni, jami 0-100 sm qatlamda esa 56,4 sentnerni tashkil etdi. Shunday kuzatuvlar beda urug‘larini ekish me’yori 20 kg/ga miqdorda bo‘lgan 2-variantda ham kuzatilib, tuproqning 0-30 sm qatlamida 48,0 sentner, 30-50 sm qatlamda 10,7 sentner, 50-100 qatlamda esa 6,1 sentner, jami 0-100 sm qatlamda esa 64,8 sentnerga teng bo‘ldi. Tabiiy to‘kilgan bug‘doy donlari orasiga beda urug‘larini 22 kg/ga me’yorda ekilgan variantda ko‘chat qalinligini ortib borishi natijasida ildiz-ang‘iz qoldiqlari miqdori bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar kuzatilib, boshqa (1-2 var.) variantlarga nisbatan tuproqning 0-30 sm qatlamida 5,9-11,3 sentnergacha, 30-50 sm qatlamda 2,6-4,5 sentnergacha, 50-100 qatlamda esa 1,3-2,4 sentnergacha, 0-100 sm qatlamda esa 9,8-18,2 sentnergacha yuqori bo‘lishi kuzatildi. Tabiiy to‘kilgan kuzgi bug‘doy donlari ko‘karib turgan maydonga qishki muddatda 15 fevral sanasida beda urug‘larini ekish me’yori 18 kg/ga miqdorda ekilgan 4-variantda o‘rtacha gektar hisobida tuproqning 0-30 sm qatlamida 42,2 sentner, 30-50 sm qatlamda 9,8 sentnerni, 50-100 qatlamda esa 5,4 sentnerni, 0-100 sm qatlamda esa 57,4 sentnerni tashkil etib, shu me’yorda beda urug‘lari yozgi muddatda 15 avgustda ekilgan (1-var) variantga nisbatan 0-100 sm qatlamda 1,0 sentnergacha ko‘p ildiz ang‘iz qoldiqlari qolgani aniqlandi (1-jadval). Beda urug‘larini ekish me’yori 20 kg/ga miqdorda bo‘lgan 5-variantda tuproqning 0-30 sm qatlamida 48,9 sentner, 30-50 sm qatlamda 11,6 sentner, 50-100 qatlamda esa 5,4 sentner, jami 0-100 sm qatlamda esa 66,9 sentnerni tashkil etib, shu me’yorda 15 avgustda urug‘ ekilgan 2-variantga nisbatan 0-100 sm qatlamda 2,1 sentnergacha yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Tabiiy to‘kilgan bug‘doy donlari orasiga hamkor ekin sifatida 15 fevral sanasida beda urug‘larini ekish me’yori 22 kg/ga miqdorda belgilangan 6-variantda ildiz-ang‘iz qoldiqlari miqdori boshqa (4-5 var.) variantlarga nisbatan tuproqning 0-30 sm qatlamida 5,3-12,0 sentnergacha, 30-50 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling