Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
128
Kalit so‘z: sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi, sug‘oriladigan o‘tloqi
tuproqlar, kvadratga ko‘tarish, NSR
05
,tajriba aniqligini aniqlash.
Kirish. O‘zbekistonda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimiz
aholisining don va don mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la
qondirish, don
mustaqilligiga erishish hamda barqarorligini ta’minlash borasida kompleks chora-
tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirlar negizida respublikamizning
o‘zgaruvchan va murakkab tuproq-iqlim sharoitida
mahalliy sharoitlarda mos,
serhosil, don sifati yuqori, kasallik va zararkunandalarga chidamli kuzgi bug‘doy
navlarini yaratish, urug‘chiligini
rivojlantirish, turli tuproq-iqlim sharoitida kuzgi
bug‘doy navlaridan yuqori va sifatli don hosili olish
agrotexnologiyasini ishlab-
chiqish hamda ishlab chiqarishga joriy etish kabi vazifalar belgilangan [1. 7-8 B].
Tadqiqot uslublari. Dala tadqiqotlarida kuzgi bug‘doy navining barcha
biometrik ma’lumotlariga aniqlik kiritish maqsadida “Dala tajribalarin o‘tkazish
uslublari” (2007y.) asosida statistitk tahlil qilingan.
Bizning tadqiqotlarda
sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi va sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarda
еtishtirilgan “Vassa” navining agronomik ko‘rsatkichlarni
statistik tahlili asosida
o‘g‘itga talabchalik darajasi aniqlangan [2. 118-120 B].
Do'stlaringiz bilan baham: