Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
136
UDK:633.3I14
KUZGI BUG‘DOY ANG‘IZIDA YETISHTIRILGAN BEDANING
ILDIZ QOLDIQLARI
Saydalieva Nodira Kaxxarovna
− PSUEAITI mustaqil izlanuvchi
Annotatsiya Maqolada Farg‘ona viloyati och tusli soz tuproqlari sharoitida
kuzgi bug‘doy ang‘izida tabiiy to‘kilgan don va beda еtishtirishda tuproq
qatlamlarida beda ildiz qoldiqlarini qoldirishi haqida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:kuzgi bug‘doy, beda, urug‘, me’yor, ildiz qoldig‘i
Respublikamizda qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish, aholini oziq-
ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi hamda chorvani еm-xashakka bo‘lgan ehtiyojini
to‘liq qondirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirib
kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28
yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonida “Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda
intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar
oshirish, qishloq ho‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga еtkazish”
1
muhim
bo‘lgan strategik maqsadlardan biri sifatida belgilab berilgan. Shu jihatni inobatga
olgan xolda respublikamizda beda ekinidan yuqori va sifatli hosil еtishtirish
agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish
zarurati yuzaga kelmoqda.
Almashlab ekish tizimida еm-xashak sifatida ekiladigan beda o‘simligi tuproq
mikrofaunasi, fizik-mexanik xossalarini va agrokimyoviy tarkibini yaxshilash uchun
tuproqda biomassa hosil qilishda iqtisodiy jihatdan yuqori samaradorlikga ega
bo‘lgan biologik meliorant hisoblanadi. Beda qishloq xo‘jaligida, biologik jihatdan
toza bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishda, talab etiladigan tuproqlarning unumdorlik
va ekologik holatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, qishloq
xo‘jaligida uyg‘unlashgan tizimda ikki tomonlama, ya’ni dehqonchilik va
chorvachilik sohalari faoliyatini rivojlantirish uchun muhim manba hisoblanadi.
Beda o‘simligining tuproqdagi organik modda va azot bilan boyituvchi qismi
uning ildiz va ang‘iz massasi hisoblanadi. Ildiz massasini to‘planishi uchun uning
yoshi, navi va tuproq sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekistonda beda o‘simligining tuproq unumdorligini oshirishdagi
ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari
amalga oshirilgan bo‘lib, P.M Bodrov, M.A Sorokin [25; 11-b] dala tajribalarida
sug‘orib dehqonchilik qilinadigan bo‘z tuproqlar sharoitida bir gektar (0-30 sm)
Do'stlaringiz bilan baham: |