Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
264
Yevropada XII-XIII asrlarda asosiy darslik bo‘lib kelgan. “Yetti iqlim hisobi” asari
ko‘pgina fanlarning rivojiga katta hissa qo‘shgandir. Uning Misrda yasagan
“nilomer” asbobi yordamida Nil daryosidagi geografik kuzatishlarga asos solindi.
Mashhur sayyoh X.Kolumb ham A.Farg‘oniy yordamida Yerning shar shaklida
ekanligini isbotlab, o‘zining Hindistonga dengiz ekspeditsiyasini tashkil etgan.
O‘qituvchi o‘z fanini yaxshi bilishi, dars materialini qiziqarli o‘ta olishi
o‘quvchilarni chuqur ilm olishga va izlanishlariga undaydi. A.Beruniy aytganidek
“Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.” Vatanparvarlik, estetik, ekologik, ahloqiy
va boshqa tarbiyaviy ishlarni sinfdan tashqari ishlarda ham olib borish maqsadga
muvofiqdir.
O‘lkashunoslik to‘garagida o‘quvchilar tomonidan o‘lkamiz tarixi, tabiati,
resurslari, joy nomlari, aholisi va xo‘jaligi to‘g‘risida turli mavzularda ma’ruzalar
qilinadi. Bu esa o‘quvchilarda o‘lkamiz to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarni olishga
imkon beradi. To‘garakda turli o‘yinlarni tashkil etilishi o‘lkashunoslik to‘garagini
yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z fikrlarini
bildirishga va mavzu bo‘yicha munozaralar olib borishga undaydi.
Maktabda o‘lkashunoslik burchagi tashkil etilgan. Unda viloyatimiz,
respublikamiz bo‘yicha turli eksponatlar qo‘yiladi. Masalan, turli qiziqarli tabiiy
ob’ektlarning rasmlari yoki sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan ma’sulot
turlaridan namunalar qo‘yiladi. Ular doimo yangilanib boriladi.
O‘quvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishda “Tabiatni tasvirlovchi eng
yaxshi she’r”, “Tabiatning eng yaxshi rasmi”, “O‘lkamiz to‘g‘risida eng qiziqarli
albom”, “Eng chiroyli guldasta” kabi konkurslarni o‘tkazib turiladi. Eng yaxshi
ishlar vistavkasi tashkil etiladi va iqtidorli o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
O‘quvchilar bilan shoir va yozuvchilar o‘rtasida uchrashuvlar tashkillanadi.
Olingan tasurotlar va ma’lumotlar o‘quvchilar bilimi va tushunchalarini
aniqlashtiradi. Shuningdek, viloyatimizdagi olimlar va boshqa soha vakillari bilan
davra suhbati o‘tkazilib turiladi. Masalan, oliy o‘quv yurtlaridagi еtuk olimlar yoki
sanoat korxonalarining mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bu o‘quvchi
yoshlarda turli kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
O‘quvchilarga sinfdan tashqari badiiy o‘qishlarni tashkil etish. Sayohatlar va
geografiyaga tegishli turli mavzular to‘garak yig‘ilishlarida o‘quvchilar tomonidan
muhokama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |