Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
282 
Demak, vilt zamburug‘ini ko‘payishiga surunkasi g‘o‘za ekilishi ham 
sababchi bo‘ladi,ekinlarni almashtirib turish ijobiy natijalar berar ekan. Tajribada 3-
yil chigit ekilganda ba’zi bo‘laklarda kasallanish ko‘payganini qayd etdik. Masalan, 
3,4,5,6 va 7 chi variantlarda tuproqdagi infeksiyalar soni bir oz bo‘lsada ortdi, ammo 
nazoratdagidan ancha kam bo‘ldi. 
Oraliq ekinlarni hammasi ham kasalliklar miqdorini 2-3 marta kamaytirdi. 
Yuqoridagi ma’lumotlaridan shunday xulosaga keldikki, vilt zamburug‘ini
tuproqdagi soni ekinlar almashinib turilganda ancha kamayib har bir gramm 
tuprokda ularni 2-3 marta rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muhit vujudga keldi. 
Biz Farg‘ona-3 navini ham gullash fazasida vilt bilan kasallangan tupini 
laboratoriya sharoitida analiz qilganimizda bargdagi suv miqdorini kamayishini 
kuzatdik. Kasallangan g‘o‘za bargida suv miqdori sezilarli kamaydi, bu esa o‘z 
navbatida o‘sha bargdagi moddalar almashinuvi jaryonini susaytiradi va ohirida 
bargni so‘lib qolishiga uni nobud bo‘lishiga olib keladi. Suv miqdori bargni turli 
joyida uni qay darajada og‘riganiga bog‘liq ekan. Masalan, kasallik alomati sezilgan 
bargni sog‘ joyidagi suv miqdori 76,0 foiz bo‘lsa (sog‘ bargga teng) o‘z tusini 
yo‘qota boshlagan och-yashil joyida 8,0-5,2 foiz kamaygan, to‘qima o‘lgan joyida 
esa 37,3 foiz suv qolgan, umuman so‘lib qolgan bargni tekshirganimizda suv 
miqdori 52,4 foizga bordi. 
Demak,kasallangan g‘o‘za bargi asta-sekin taranglik xususiyatini yo‘qotadi, 
bu o‘z navbatida karbon suvlaridan saxaroza guruxini shu bargda kamayib ketishiga 
olib keladi. Shunday qilib, kasallangan o‘simlik bargida (vertitsillium zamburig‘i 
ta’sirida) suv miqdorini kamayishi sodir bo‘ladi,oqibatda esa karbonsuvlar miqdori 
kamayishi sodir bo‘ladi , o‘simlik xolsizlanib qoladi. Ma’lum bo‘lishicha tajriba 
variantlarida avgust oyida Toshkent-6 navi nazoratda 80-85 foiz kasallangan, oraliq 
ekinlar ekilganda esa 40-45 foizni tashkil etdi. Demak, kasallanishga oraliq ekinlar 
ikki marta kamaytirishga sababchi bo‘lar ekan, bu esa o‘z navbatida paxta hosilini
30 sentner atrofida bo‘lsa oraliq ekinlarni ekilgan variantlarda 35-40 sentnerni 
tashkil etdi. Shularni hisobga olib ,oraliq ekinlar tuproqni vilt zamburug‘idan 
tozalashda muhim agrotexnik tadbirlardan biri sifatida jadal texnologiyani asosiy 
elementlaridanbiri deb hisoblanishi lozim. 
Hozirgi kunda g‘alla masalasini hal qilishda donli ekinlarni maydonlarini 
bedazorlar hisobiga ko‘paytirish lozim,bu esa 3-4 yil beda bilan band bo‘lgan 
maydondan,agar jo‘xori, bug‘doy,arpa, tritikale va boshqa ozuqabop ekinlar ekilsa 
katta miqdordagi don olish imkonini berish bilan birgalikda tuproqni vilt va boshqa 
kasalliklardan ham tozalanishiga olib keladi. 

Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling