Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
278
UO‘T:634.15
QORAQALPOG‘ISTONNING EKOLOGIK MUHITIDA MEVA
YETISHTIRISH
Sarsenbaeva Sapura Jaqsiliq qizi
−
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Shumanay tumani irrigatsiya bo‘limi xodimi
Annotatsiya Maqolada Qoraqalpog‘istonning ekologik sharoitida meva
еtishtirish haqida so‘z boradi. Jumladan, respublikada olma, anjir, shaftoli va uzum
еtishtirishning afzalliklari va ularni qanday sharoitda etishtirish haqida ilmiy
xulosalar berilgan.
Tayanch so‘zlar: Ekologik muhit, mevalar, olma, anjir, shaftoli, uzum
qulupnay
.
Yer, еr osti boyliklari, suvlar, o‘rmonlar, alohida
muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish,
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi
ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish biznig asosiy maqsadimizdan
hisoblanadi. Davlatimiz prezidenining 2018-yilning 18-oktabrdagi PQ-3956-sonli
«Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini
takomillashtirish bo‘yisha qo‘shimsha shora-tadbirlar to‘g‘risida»gi [1]
qarorida
takidlaganidek zamonaviy texnologiyalar va ijodiy yondashuvlardan bevosita
foydalangan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlardan aholining xabardorligini oshirish, ekologik madaniyatni
yuksaltirish, huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini
olishga qaratilgan axborot-
tahliliy va ko‘rgazmali ommaviy axborot vositalarida materiallar tayyorlash va
ekologiyani muhofaza qilish zarur vazifalardan hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi
O‘zbekiston
Respublikasida
joylashgan. Respublikamizning ustki va quyi tuproq qatlamlari sayyoramizning
umumiy hajmidan yupqaroq bo‘lib, yupqaligi tufayli еr yuzasining ko‘p joylari suv
va shamol ta’sirida еmirilib ketgan, shuning uchun ularning
ona jinslari qatlami
ko‘rinadi. Kuchli eroziyaga uchramagan boshqa hududlarda ustki daraxt qatlamlari
bo‘lishi mumkin, ammo bu qalin qatlamlar еr diametrining atigi milliondan bir
(0,000001) qismini tashkil qiladi..
Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 150 yil oldin odamlar o‘simliklarning ildizlari
tuproqning eng kichik zarralarini o‘zlashtirishini tushunishgan. Ular oziq-ovqat
oshqozonda hazm bo‘lgani kabi, tuproqning kichik qismlari o‘simliklar ichida hazm