Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


-rasm. Biogumus (organik o’g’it) dan tuvakchalar tayyorlash qurilmasi


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

1-rasm. Biogumus (organik o’g’it) dan tuvakchalar tayyorlash qurilmasi 
1 - rama, 2 - elektrodvigatel, 3 - kompressor, 4 - biogumus (organik o’g’it)ni 
yuklash bunkeri, 5 - biogumus siqish silindri, 6 - zichlovchi porshen ,
7 - zichlovchi porshenni harakatlantiruvchi pnevmo silindr,


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
40 
8 - yoysimon qoliplar, 9 - yoysimon qoliplarni harakatga keltiruvchi pnevmo 
silindrlar, 10 - maxsus teshik, 11 - kantroller. 
Bunda yoysimon qoliplar va porshenning oralig’idagi 1 sm li bo’shliqda 
biogumus (organik o’g’it) va tuproq aralashmasidan tuvakchalarning tubi va devori 
hosil qilinadi. Zichlovchi porshenning qaytma harakatida siquvchi silindr ichidagi 
biogumus (organik o’g’it) va tuproq aralashmasidan ajralib chiqqan suv maxsus 
teshiklar orqali chiqarib tashlaydi. Zichlovchi porshenning harakati unga o’rnatilgan 
pnevmo silindr, biogumus tuvakchalarni shaklini hosil qiluvchi yoysimon 
qoliplarning harakati esa pnevmo silindr orqali ta’minlanadi. Pnevmo silindrlar 7 va 
9 ga elektrodvigatel orqali harakanga keluvchi kompressor yordamida siqilgan havo 
еtkazib beriladi. Zichlovchi porshenni va biogumus tuvakchalarni shaklini hosil 
qiluvchi yoysimon qoliplarning ilgarilanma-qaytma harakati bir vaqtda bajarilishini 
kantroller taminlab beradi. Uskuna bir daqiqada biogumusli 6 dona tuvakcha 
tayyorlash imkoniyatiga ega [2].
Ko’chatlarni еtishtirish uchun tuvakcha tayyorlashda tuproqning namligi 
biogaz ishlab chiqarish reaktorida qayta ishlash natijasida metan gazi ajratib olingan 
biogumusdan foydalaniladi. Biogumusni tuproq tarkibiga aralashtirish natijasida 
qurilma ishlov berish uchun qulay bo’lgan aralashma tayyorlanadi. Bunda 
biogumusning tarkibidagi azot, fosfor, gumus miqdori hisobiga tuproq tarkibida 
ko’chat ildiz oziqlanuvchi organik moddalar oshib boradi [3]. 
Biogumus tuvakchalarini tayyorlash qurilmasi bunkeridan siqish silindriga 
tushgan mahsulotni zichlovchi porshenning ilgarilanma harakati evaziga biogumus 
tuvakchalarni shaklini hosil qiluvchi yoysimon qoliplar ichiga еtkazib borib 
zichlovchi porshen va yoysimon qoliplar orasidagi 1 sm oraliqda tuvakcha 
devorlarini tayyorlaydi (1-rasm). 
Zichlab tuvakcha hosil bo’lgandan so’ng porshin qaytishida tuvakcha devorlari 
qoliplarning ichki yuzasiga hamda zichlovchi porshenning yuza qismiga yopishib 
qolishi natijasida tayyorlangan biogumus tuvakcha geometrik shaklini buzilishi 
kuzatildi. Qurilma tomonidan tayyorlangan tuvakchalar shaklini saqlab qolish va 
ichchi qismlarining yuzasiga aralashmani yopishib qolishini oldini olish uchun bir 
nechta zichlovchi porshen tayyorlanib tajribalar o’tkazildi. Tajriba uchun 3-xil 
turdagi zichlovchi porshen tayyorlandi ( 2-rasm ). 
2 - a rasmdagi porshen sirtiga nikel qoplandi hamda qurilmaga o’rnatilib 
biogumus tuvakchalar tayyorlandi. Bunda porshenning sirtiga tuvakchalar 
devorlarini yopishib qolishi kuzatilmadi, ammo biogumus tuvakcha geometrik 
shaklining zichlovchi porshenning qaytma harakatida buzilishi kuzatildi. 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling