Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

UO‘T 631.312.8 
IKKI YARUSLI TAKOMILLASHTIRILGAN DISKLI PLUGNI 
ISHLASH JARAYONI 
Ishmuradov Shuxrat Ulug‘berdiyevich  TDTU dotsenti, PhD 
Hamroyev Ramzjon Komiljon o‘g‘li 
 TDTU tayanch doktoranti 
 
Annotatsiya. Maqolada 2,0-3,0 klassdagi traktorlarga ishlab chiqilgan diskli plug 
sanoat nusxasi qabul sinovlarining natijalari bayon etilgan. Olingan ma’lumotlar 
bo‘yicha ikki yarusli diskli plugning ish ko‘rsatkichlari unga qo‘yilgan talablarga to‘liq 
mos keladi. 
Kalit so‘zlar: tayanch g‘ildirak, bo‘ylama brus, diskli korpus, haydov chuqurligi, 
rama. 
Keyingi yillarda butun jahonda еrlarni shudgorlash uchun diskli, ya’ni ish 
organlari sferik disk ko‘rinishda bo‘lgan pluglardan keng foydalanishga talab ortib 
bormoqda. Chunki ish organlari ilgarilanma harakat qilishdan tashqari, aylanma 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
50 
harakatda ham bo‘lganligi tufayli diskli pluglar mashinaning tortishiga kam qarshilik 
ko‘rsatadi, begona o‘tlar va o‘simlik qoldiqlariga tiqilmasdan ishlaydi. Bundan 
tashqari diskli pluglar nisbatan tuzilishi jihatidan sodda hisoblanib, kam ta’mirlash va 
texnik xizmat ko‘rsatishni talab qiladi, chunki kesuvchi tig‘lari kam еyilishi va doimo 
o‘z-o‘zidan charxlanib turishi (aylanib ishlashi sababli) hamda uzunligi (lemexlarning 
tig‘lariga nisbatan) hisobiga disklar lemexlarga nisbatan bir necha marta uzoq muddat 
ishlaydi.
Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqqan holda o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida 
“BMKB-Agromash” OAJ bilan hamkorlikda diskli plugning sanoat nusxasi 
tayyorlandi va uning huzuridagi “Akkreditlangan agrotexnik sinov markazi” 
tomonidan qabul sinovlari o‘tkazildi.
Sinovlar o‘tkazilishidan oldin 0-10, 10-20 va 20-30 sm qatlamlardagi tuproqning 
namligi va qattiqligi, sug‘orish egatlarining chuqurligi, o‘simlik qoldiqlari va begona 
o‘tlarning massasi aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 14,3; 16,3; va 17,2%, 
1,42; 1,87 va 2,86 MPa, 9,4 sm va 0,78 kg/m
2
ni tashkil etdi. 

Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling