Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
50
harakatda ham bo‘lganligi tufayli diskli pluglar mashinaning tortishiga kam qarshilik
ko‘rsatadi, begona o‘tlar va o‘simlik qoldiqlariga tiqilmasdan ishlaydi.
Bundan
tashqari diskli pluglar nisbatan tuzilishi jihatidan sodda hisoblanib, kam ta’mirlash va
texnik xizmat ko‘rsatishni talab qiladi, chunki kesuvchi tig‘lari kam еyilishi va
doimo
o‘z-o‘zidan charxlanib turishi (aylanib ishlashi sababli) hamda uzunligi (lemexlarning
tig‘lariga nisbatan) hisobiga disklar lemexlarga nisbatan bir necha marta
uzoq muddat
ishlaydi.
Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqqan holda o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida
“BMKB-Agromash” OAJ bilan hamkorlikda diskli
plugning sanoat nusxasi
tayyorlandi va uning huzuridagi “Akkreditlangan agrotexnik sinov markazi”
tomonidan qabul sinovlari o‘tkazildi.
Sinovlar o‘tkazilishidan oldin 0-10, 10-20 va 20-30 sm
qatlamlardagi tuproqning
namligi va qattiqligi, sug‘orish egatlarining chuqurligi, o‘simlik qoldiqlari va begona
o‘tlarning massasi aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 14,3; 16,3; va 17,2%,
1,42; 1,87 va 2,86 MPa, 9,4 sm va 0,78 kg/m
2
ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: