Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Download 7.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Kirish. Bilamizki, paxtachilik, dunyo mamlakatlarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi asosiy ekinlaridan biri hisoblanib, to‘qimachilik sanoatini sifatli xomashyo bilan ta’minlashda uning o‘rni kattadir. Ta’kidlash kerakki, paxta hosilini sifatli terib olish defoliatsiyaning samaradorligiga bog‘liqdir. Keyingi yillarda aholini oziq-ovqat, sanoatni xom-ashyo bilan ta’minlash dunyo miqyosida murakkablashib bormoqda. Ayniqsa, hozirgi paytdagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada kengaytirish va tubdan modernizatsiya qilish bu masalalarning еchimini topishga imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai-nazardan Respublikamizda bu sohani jumladan paxtachilikni rivojlantirishda davlat darajasida, aniq dasturlar asosida, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida bir qancha ishlar olib borilmoqda. Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish 47 Olimlarimiz tomonidan erta pishar, serhosil, tolasi jahon bozori talablariga to‘liq javob beruvchi, kasallik va zararkunandalarga bardoshli g‘o‘za navlarini yaratish bilan birga, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos resurs tejamkor agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqish, shuningdek hosil pishib еtilgan davrda, sifatli yig‘ib-terib olish uchun g‘o‘za defoliatsiyasi agrotadbirini navlarning biologik xususiyatlariga qarab har xil omillarga bog‘liq ravishda qo‘llab, ularning maqbul me’yor va muddatini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, o‘z muddatida va maqbul me’yorda sifatli o‘tkazilgan defoliatsiya natijasida ko‘saklarning pishib еtilishi tezlashib, umumiy paxta hosili salmog‘i 20- 25% ga oshadi va tola sifatining o‘zgarishiga ta’sir etmaydi, aksincha hollarda esa, defoliantlar g‘o‘zaga salbiy ta’sir etib, tola sifatining o‘zgarishiga va hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Dolzarb vazifalar yuzasidan, 2021-2023 yillar mobaynida tadqiqotlarimiz Farg‘ona viloyatining Quva tumanida joylashgan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va еtishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy tajriba stansiyasining o‘tloqi soz, mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir qumoq, kam sho‘rlangan, sizot suvlari 1,6- 1,8 metr chuqurlikda joylashgan tuproq sharoitida olib borildi. Tajribada har bir nav uchun 8 ta variant olingan bo‘lib, 3 ta takrorlanishda joylashtirildi. Tajriba variantlariga S8290 va S6775 g‘o‘za navining ko‘saklari 30-40 % xamda 50-60 % ochilgan muddatda yuqoridagi defoliantlarning ko‘rsatilgan me’yorlari qo‘llanilib, ularning maqbul qo‘llash me’yori va muddati aniqlandi.Ilmiy izlanishlar O‘zPITIda qabul qilingan «Metodika polevыx opыtov s xlopchatnikom» (1981), “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” (2007) va O‘zR Davlat kimyo komissiyasi tomonidan qabul qilingan «Gʻo‘za defoliantlarini sinash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar» (1993, 1994, 2004) qo‘llanmalari asosida olib borildi. O‘tkazilgan kuzatuv va tahlillarda defoliatsiyadan 14 kun o‘tgach g‘o‘za ko‘saklari 30-40% ochilganda S-8290 g‘o‘za navida EntoDefol 0,200 l/ga hamda FanDEF-a’lo defoliantini 7,0 l/ga me’yorda qo‘llaganda to‘kilgan barglar 92,4-91,7 % ga, ochilgan ko‘saklar 88,1-82,7% ga, hosildorlik 36,8-37,1 s/ga ga teng bo‘lib, nazoratga nisbatan qo‘shimcha 2,7-3,0 s/ga ga hosil olingan. Shuningdek, tadqiqotimizdagi ikkinchi S-6775 g‘o‘za navida ham EntoDefolni 0,200 l/ga hamda FanDEF-a’loni 7,0 l/ga me’yorida qo‘llaganda eng yuqori natijalarga erishilib, S-8290 navi S-6775 naviga nisbatan morfobiologik jihatdan tezpisharligi bilan farqlanishi sababli barcha natijalar yuqori bo‘lishi aniqlandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling