Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
91
chiqarish joyi tashkil etilgan, ushbu joy kirish, bosimli quvur, zatvorlarning nazorat
minorasi, bosimsiz chiqarish quvuri va suv qudug‘idan iborat.
Suv chiqarish
joyining maksimal quvvati 360 m
3
/s ni tashkil qiladi. Zatvorlarning nazorat minorasi
silindrsimon shaklda. Teshiklarning yopilishi zatvorlarning ikkita chizig‘i
tomonidan amalga oshiriladi: birinchisi – avariya-ta’mirlash, ikkinchisi - ishchi.
Bosim quvur 4,0x5,0 m o‘lchamdagi beshta suv chiqarish teshigiga ega, chiqarish
quvuri ham 4,0x6,0 m o‘lchamdagi beshta teshikka ega.
Inshootlarning barchasi kichik GESni loyihalash va qurishda qo‘llanilishi
mumkin.
3-rasm. 2008-2017 yillar uchun Tolimarjon suv ombori xajmining
o‘zgarish grafigi.
Tolimarjon suv omboridan suv chiqarish joyida
kichik GES qurishning
iqtisodiy samaradorligini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun GESning iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-
2947-son qarroiga 3-ilovada “Respublikamizning
tabiiy suv oqimlari va suv
xo‘jaligi ob’ektlarida O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi yangi GESlar qurish va
ishlab turganlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalari”
ro‘yxati“da ko‘rsatilgan Qashqadaryo viloyati gidroelektrostansiyalari
bilan
solishtiramiz.
Jadvalda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori”da ko‘rsatilgan
Qashqadaryo viloyatida qurilishi rejalashtirilgan sakkizta kichik GES qurilishining
iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari va Qashqadaryo viloyatida joylashgan
Tolimarjon suv omboridan suv chiqarish joyidagi taklif etilayotgan kichik GESning
iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari keltirilgan.