Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
90
Qarshi magistral kanali tarkibiga kiruvchi Tolimarjon suv omboridan suv
chiqarish joyida kichik GES qurish bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-
kitoblar amalga oshirildi. Hisoblash usuli sifatida O‘zbekiston Respublikasi ShNK
1.03.01-16 me’yor va qoidalarining asosiy qoidalari "Korxonalar, binolar va
inshootlarning kapital qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, ishlab
chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi ” qabul qilindi.
Qarshi magistral kanali Qarshi cho‘lidagi 364 ming gektar еrni suv bilan
ta’minlovchi eng yirik irrigatsiya inshootidir. Kanalning umumiy uzunligi 176 km.
Suv Amudaryodan olinadi va еttita nasos stansiyasi kaskadi yordamida 157 m
balandlikka ko‘tariladi.
Qarshi magistral kanali ikki qismga bo‘linadi: bosh qismi mashina kanali va
ishchi qismi o‘zi oqar kanaldir. Bu qismlarning tutashgan joyida 1,5 mlrd.m
3
hajmli
quyilma Tolimarjon suv ombori joylashgan. KMK ning bosh qismi 175 m
3
/s normal
suv sarfini o‘tkazishga, ishchi qismi esa 360 m
3
/sni o‘tkazishga mo‘ljallangan.
KMKning bosh qismi va dastlabki oltita nasos stansiyasi Turkmaniston
hududida joylashgan. Nasos stansiyalari 1973 yilda ishga tushirilgan. Yettinchi
to‘g‘on oldi nasos stansiyasi O‘zbekiston hududida joylashgan. U 1980 yilda
foydalanishga topshirilgan.
Tolimarjon suv ombori inshootlari tarkibiga 7-nasos stansiyasi, 1- va 2-sonli
tuproq to‘g‘onlari, suv chiqarish joyi, aylanma kanal, zovur nasos stansiyasi kiradi.
7-sonli to‘g‘on oldi nasos stansiyasi faqatgina suv omborini to‘ldirish uchun kerak
bo‘ladigan suv xajmini uzatishga mo‘ljallangan qolgan sarf esa 6-sonli nasos
stansiyasidan aylanma kanal bo‘ylab to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi kanalga kelib tushadi.
Aylanma kanalning normal quvvati 175 m
3
/s, 7-sonli nasos stansiyasi suv sarfi esa
142 m
3
/s. 7-sonli nasos stansiyasining 2008 yildan 2017 yilgacha 10 yil
ekspluatatsiyasi davomidagi elektr energiya iste’moli yiliga 89,2 mln. kVt∙s ni
tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |