Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

ta’minlangan 
maydonlarda 
(ming.ga) 
(ming ga) 
Viloyat bo’yicha 
276,31 
250,41 
32,4 
35,72 
1. 
30,03 
29,37 
31,2 
31,96 
30,76 
2. 
21,52 
15,36 
12,6 
17,62 
17,67 
3. 
32,98 
33,11 
44,6 
44,40 
43,29 
4. 
19,13 
18,57 
41,3 
42,53 
42,83 
5. 
21,52 
22,34 
62,6 
60,28 
60,18 
6. 
22,78 
19,59 
22,4 
25,99 
29,75 
7. 
27,22 
24,69 
30,5 
33,64 
34,00 
8. 
28,35 
26,87 
21,8 
23,01 
23,12 
9. 
26,47 
25,26 
47,5 
49,76 
48,15 
10. 
19,31 
17,93 
26,9 
29,01 
28,77 
11. 
27,01 
17,32 
14,6 
22,70 
22,10 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
98 
Sug’oriladigan еrlarga beriladigan suvlar va atmosferadan keladigan yomg’ir 
hamda qorning tuproqqa singishi, еr osti suvining harakati nihoyatda kam 
bo’lganligi natijasida suv tuz muvozanatini buzilishiga sabab bo’ladi. Buxoro 
viloyatida еr osti suvining oqimi yo’nalishi g’arb, shimoliy g’arb hamda janubiy 
g’arb tomonga bo’lib, nishabning kichikligi tufayli sug’oriladigan hududdan chiqib 
ketmaydi. Bu suvlarni chiqarib yuborish uchun sun’iy drenaj tarmoqlari qurilgan 
bo’lib, еr osti suvining satxi zarur chuqurlikda bo’lishi ta’minlanadi. 
O’tgan hisobot yilida viloyat bo’yicha sug’oriladigan maydonlar chegarasida 
3472,3 mln.m
3
suv olindi. Kollektorlar orqali sug’oriladigan еrlar hududidan 
chiqarib yuborilgan suvlar miqdori esa 1590,4 mln.m
3
ni tashkil qildi. Sug’orish 
uchun olingan suvning mineral tarkibi, ya’ni olingan suvning 1 litrida 1,161 gramm 
qattiq qoldiq shundan xlor ionlari 0,159 gramni tashkil etdi. Kollektor suvlarining 
mineral tarkibi sho’rlanganligi bilan xarakterlanadi. Bu ko’rsatgich doimiy ravishda 
bir xil bo’lmay, yil davomida sug’orish uchun olingan suvning miqdori va sifatiga 
hamda yog’ingarchilikning bo’lishiga qarab ma’lum miqdorda o’zgaradi. 
Viloyatning Qorovulbozor va Olot tumanlarida kollektorlar orqali chiqib 
ketayotgan suvning har bir litrida 4,469 gramgacha xar xil tuzlar bo’lsa, G’ijduvon 
tumanida bu ko’rsatkich 2,627 grammni tashkil etadi. Hisobot yilida kollektor 
suvlaridan 131,5 mln.m
3
sug’orishga foydalanildi. 
Buxoro, Kogon tumanlar quyi hududlarining еr osti sizot suvlari, shuningdek 
Jondor tumanining bir qism kollektorlari suvlari “Parallel” magistral trakti orqali 
“Dengizko’l” va “Bosh suv tashlama” ga tushirilib, “Parsanko’l” tashlamasi orqali 
“Amudaryo” ga tashlanadi. “Parallel” magistral traktidan chiqarib yuborilgan suv 
851,6 mln.m
3
ni va uning mineral tarkibi 6,010 gr/l ni tashkil etdi. 
Vobkent, Romitan tumanlarining bir qismi hamda Buxoro va Jondor 
tumanlarining еr osti suvlari “Markaziy – Buxoro” magistral trakti orqali 
“Sho’rko’l” (Zamonbobo) ko’liga tashlandi. 
Yil davomida olingan suvlar bilan 4,03 mln.tonna har xil zararli tuzlar 
sug’oriladigan еrlarga kelib tushgan bo’lsa, kollektorlar orqali shu maydonlardagi 
5,60 mln.tonna zararli tuzlar chiqarib yuborildi. Suv bilan kelgan tuzga nisbatan 
chiqarilib yuborilgan tuzlar 1,57 mln.tonna ko’p bo’lib, sug’oriladigan erlarning faol 
qatlamida sho’rlik darajasi pasaytirilganligini ko’rsatadi. 
Xulosa. Buxoro viloyati sharoitida еrlarning meliorativ holatini yaxshilash
yoki uni bir me’yorda saqlab turish uchun sug’oriladigan maydonlarga beriladigan 
suvlarning kamida 40-45 foiz qismini drenajlar orqali chiqarib yuborish zarur. Aks 
holda maydonlarda suv-tuz muvozanatini buzilishiga olib keladi. 
 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling