Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
96 
rejasini tuzish bilan bog’lik bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish bilan bir qatorda ularni 
umumlashtirib, boshqaruv apparati bo’limlariga etkazadi. 
Viloyat sharoitida sug’oriladigan maydonlarda qishloq xo’jaligi ekinlaridan 
mo’l hosil yaratishning asosiy omillaridan biri, bu sug’oriladigan maydonlarning 
muvozanatini barqarorlashtirishdir. Sug’oriladigan maydonlarning suv–tuz 
muvozanatini saqlash asosan sun’iy drenaj tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Shu 
maqsadlar uchun viloyat bo’yicha umumiy uzunligi 8944,5 km bo’lgan, shundan 
724,6 km uzunlikdagi magistral, 2712,5 km xo’jaliklararo, 5507,5 km klaster va 
fermer xo’jaliklari hisobida turadigan ichki kollektorlar, shu jumladan 999,98 km 
yopiq – yotiq gorizontal drenaj tarmoqlari xizmat qiladi. Shuningdek shu maqsadlar 
uchun 725 ta tik drenaj quduqlaridan ham foydalanib, ular yordamida 43.3 ming 
gektar maydonning meliorativ vaziyati barqaror holda saqlab turiladi. Mavjud 
kollektor – drenaj tarmoqlari tizimini texnik holatini o’rganish maqsadida har yili 1 
noyabrholatida qaydnomadan o’tkaziladi. Qaydnomada mavjud drenaj 
tarmoqlaridan 3437,0 km qismi davlat hisobida bo’lib, shundan 2427,0 km davlat 
hisobidaturadigan xo’jaliklararo ochiq hamda yopiq kollektor-drenaj tarmoqlarining 
texnik holati qoniqarli va jami 1011,0 km uznlikdagi kollektor drenaj tarmoqlarining 
texnik holati qoniqarsiz holatda ekanligi aniq ko’rsatilgan. Texnik holati qoniqarsiz 
bo’lgan kollektor tarmoqlarini ta’mirlash keyingi yil rejasiga kiritilib, bu ishlarni 
amalga oshirish uchun 1 yanvardan boshlab mexanizmlar ishga tushiriladi. Klaster 
va fermer xo’jaliklari hisobida jami 5507,5 km uzunlikdagi ichki ochiq hamda yopiq 
kollektor drenaj tarmoqlari mavjud bo’lib, shundan 3615,1 km qismining texnik 
holati qoniqarli va jami 1892,3 km qismining texnik holati qoniqarsiz holatda. 
Texnik holati qoniqarsiz bo’lgan kollektor tarmoqlarini ta’mirlash bo’yicha klaster 
va fermer xo’jaliklariga tavsiyalar berilib ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Hisobot 
yilida ekspedistiya hisobida bo’lgan 3437,0 km uzunlikdagi xo’jaliklararo 
kollektorlarning pasportlari qayta ko’rib chiqilib, ularning kadastr hujjatlarini 
shakllantirish uchun davlat kadastrlar palatasiga hujjatlar taqdim qilindi. 
Qaydnomada ko’rsatilganidek 1160 dona quvurli kesishmalar mavjud bo’lib, 
bularning
13 donasi kollektor suvlarini oqimiga to’sqinlik qiladigan, ya’ni 
o’rnatilgan joyida absolyut belgilari yuqorida bo’lganlarini loyihaviy belgiga 
tushirish uchun keyingi yilda ta’mirlash rejasiga kiritiladi. 
Hisobot yilida ekspeditsiya hisobidagi 3437,0 km uzunlikdagi kollektorlar har 
oyida bir marotaba va 5507,5 km uzunlikdagi ichki kollektorlarni texnik holati har 
chorakda bir marta ko’rib chiqilib, ulardagi nuqsonlar aniqlanib, ularni bartaraf etish 
choralari ko’rildi hamda ahvoli yomonlashib qolgan kollektorlar qo’shimcha dastur 
tuzilib tozalandi. 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling