Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
104 
ortiq. Adir yaylovlari o‘simlik qoplamidan buta va yarim buta o‘simlik turlari 
batamom yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Bu esa ularning to‘liq tanazzuliga 
uchrashi ehtimolligining yuqoriligidan dalolat beradi. Gipsli cho‘l deb ataluvchi tog‘ 
ostki tekisliklari shuvoq-efemerli yaylovlar tipi deb ataladi. Bunday yaylovlarning 
umumiy maydoni 9,0 mln. ga atrofida.
Shuvoq ushbu tipdagi yaylovlarning asosiy ozuqa o‘simligi hisoblanadi. 
Shuvoq o‘rnini ozuqaviy xususiyatga ega bo‘lmagan isiriqning egallashi bunday 
tipdagi yaylovlarning tanazzulini belgilaydi.
Qumli cho‘l (Qizilqum) da joylashgan yaylovlar (umumiy maydoni 9 mln ga 
atrofida) buta va barra o‘tli yaylovlar tipiga mansub. Bunday yaylovlarning tanazzuli 
tufayli harakatchan qumlar va barxanlar paydo bo‘ladi. Hozirgi kunlarda qumli 
cho‘ldagi mavjud harakatchan qum massivlari va barxanlarning umumiy maydoni 
2,5 mln ga atrofida. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunlarda O‘zbekiston cho‘l yaylovlarining 40 
foizida turli darajadagi yaylovlar tanazzuli yuzaga kelgan va ularning o‘rtacha 
hosildorligi 21 foizga kamaygan [1; 2]. 
Yaylovlardagi o‘simlik qoplamini qayta tiklash, ularning hosildorligini 
oshirish bo‘yicha Respublikamizda katta ilmiy yutuqlarga erishilgan va bir qator 
samarali texnologiyalar ishlab chiqilgan [3; 4]. 
Hozirgi kunlarda yaylovlarni yaxshilashning 4-ta usuli mavjud: 1-yaylovlarni 
tubdan yaxshilash; 2-yaylovlarni qisman (yengil) yaxshilash; 3-saksovulli 
ihotazorlar (polosalar)ni yaratish; 4-qum yig‘uvchi jo‘yaklar tortish. Mavjud 
texnologiyalarni qo‘llash orqali yaylovlar hosildorligini gektariga 2-3 sentnerdan
10 – 15 sentnerga еtkazish imkoniyatlari mavjud.
Oxirgi paytlarda respublikamizda QXMITI, “BMKB-Agromash” AJ 
konstruktorlik byurosi va Qorako‘lchilik ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan cho‘l 
yaylovlarini tanazzuldan himoyalash va mahsuldorligini oshirishning samarali 
texnik еchimlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, bu еrda cho‘l ozuqabop 
o‘simliklarining unuvchanligini oshirishning samarali usuli va bu usuldan 
foydalanish orqali o‘simliklar urug‘larini ma’lum miqdorda tejash imkoniyatlari 
ham o‘rganilgan. Ammo ular keng joriy etilmay qolmoqda. Buning asosiy 
sabablaridan biri barcha mavjud texnologiyalar tuproqqa ishlov berishga 
asoslanganligi 
va 
ularni 
amalga 
oshiruvchi 
maxsus 
mashina 
hamda 
mexanizmlarning hanuzgacha ishlab chiqilmaganligidir. 
Cho‘l ozuqabop o‘simliklari urug‘lari odatdagi ozuqabop o‘simlik urug‘laridan 
bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Birinchidan, urug‘lar mayda va 
qo‘lda yig‘ishtirib olinadi, shu sababli ularning tozaligi juda past. Shu bois, cho‘l 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling