Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
103
hayvonlarini yil bo’yi ozuqa manbai bilan ta’minlash tahlili keltirilgan.
Bundan
tashqari qumli cho’ldagi mavjud harakatchan qum massivlari va barxanlarning
harakatini to’xtatish turli darajadagi yaylovlar tanazuli yuzaga kelgan еrlarni
hosildorligini
oshirish ozuqabop o’simliklar urug’ini
sifatli ekadigan
kombinatsiyalashgan mashinalarni qo’llash va samaradorligini oshirishdan iborat
Kalit so΄zlar:
suv manbai, atmosfera, chorva ozuqa, efemerlar, dengiz sathi,
urugli aralashma, chorva mollar, chul yaylovlari,begona utlar, shuvoq-efemer.
Kirish. O‘zbekiston hududining 22 mln. gektarga yaqin qismini egallagan
cho‘l mintaqasi o‘ta qurg‘oqchil bo‘lib, yagona suv manbai bo‘lgan atmosfera
yog‘in-sochini miqdori turli yillarda 80-340
mm dan ortmaydi, shu bois bu
maydonlar dehqonchilik yuritish talablariga to‘la javob bermaydi. Cho‘l-
yaylovlarda o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi tuproqdagi namlik hisobiga bo‘lib, bu
muammolarning еchimi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qishloq xo‘jaligining mexanizatsiya
ishlari bilan bevosita bog‘liqdir. Chorva ozuqasini еtishtirishda sug‘oriladigan еrlar
bilan bir qatorda lalmi va cho‘l maydonlarda ham katta imkoniyatlar mavjud bo‘lib,
ulardan unumli foydalanish esa yaylovlarda yil davomida ozuqa o‘simliklarini
o‘sishiga sharoit yaratish orqali chorva mollarining yaylovlarda yurib oziqlanishini
ta’minlash bilan chorva mahsuldorligini oshirishga erishish mumkin.
Chorva uchun ozuqabop o‘simliklarni ko‘payishi esa tabiiy ravishda shamol va
hayvonlar ta’sirida amalga oshadi. Ammo bugungi kunda ozuqabop o‘simliklar
kamayib
ketganligi hisobiga, ular chorva mollaridan ortmaydi, natijada esa
o‘simliklar urug‘lashga
ulgurmaydi, ularning o‘rnida chorva mollari еmaydigan
begona o‘tlar ko‘paymoqda, shu bois yaylovlarning mahsuldorligi pasaymoqda.
Cho‘l mintaqasining tabiiy o‘simlik qoplami azaldan chorva hayvonlari (qorako‘l
qo‘ylar, echkilar, tuyalar, yirik shoxli hayvonlar va yilqilar) uchun yil bo‘yi ozuqa
manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, cho‘l
mintaqasi qurg‘oqchilik, haroratning o‘ta kontinentalligi, tuproqning o‘ta
unumsizligi, sho‘rlanish darajasining yuqoriligi, harakatchan azotning kamligi kabi
omillar yuzaga keltiradigan o‘simlik qoplamining siyrakligi, o‘z-o‘zini qayta tiklash
xususiyatlarining sustligi, ko‘pchilik o‘simlik turlari vegetatsiya davrlarining qisqa
mavsumiyligi (efemer va efemeroidlar), urug‘idan ko‘payishining uzluksiz emasligi
bilan ajralib turadi. Boshqacha
qilib aytganda, cho‘l yaylovlari ekologik jihatdan
juda mo‘rt ekotizimlar hisoblanadi va har qanday noratsional xo‘jalik yuritish
faoliyati ularni tanazzulga olib keladi.
O‘zbekiston cho‘l yaylovlarini xo‘jalik belgilariga ko‘ra 3 asosiy tipga ajratish
mumkin. Dengiz sathidan 600-1200 m balandlikda joylashgan tog‘
etaklari adir
yaylovlari tipiga mansub. Bunday yaylovlarning umumiy maydoni 2 mln. gektardan