Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Tadqiqot maqsadi. Tadqiqotlarda tabiiy yaylovlar mahsuldor o‘simliklarini 
qurg‘oqchil yaylovlarda ekish orqali ularning degradatsiyasi bilan kurashish va 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
106 
mahsuldorligini oshirish muammosi еchimini topish maqsadida seyalkalar uchun 
qator eksperimental ekish apparatlari va ularnig qayta jihozlangan moslamalari taklif 
etilgan. Ana shu seyalkalar va ularning qayta ishlangan ekish apparatlari va 
moslamalarining konstruksiyalari hamda funksional imkoniyatlari o‘rganildi. 
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot institutida cho‘l ozuqabop 
o‘simliklaridan izen va komforosmaning sochilmaydigan urug‘larini ekish 
maqsadida SZT-3,6 don seyalkasi qayta jihozlangan. Cho‘l ozuqa o‘simliklari 
urug‘lari qayta jihozlangan SZT-3,6A seyalkasi bilan ekilganda ular ballast, ya’ni 
quruq qum bilan aralashtiriladi. Bunkerning hajmini kattalashtirish va SZT-3,6A 
seyalkasining ish unumini oshirish maqsadida urug‘ va o‘g‘it bunkeri orasidagi 
bo‘linmalar olib tashlangan. “BMKB-Agromash” AJ konstruktorlik byurosi 
QXMITI bilan hamkorlikda tuproqqa bir yo‘la ishlov beruvchi va fitomeliorantlar 
urug‘larini (urug‘lik aralashmalarni) ekib ketuvchi AYM-2,1kombinatsiyalashgan 
agregati, cho‘l ozuqabop o‘simliklar urug‘larini еtishtiruvchi xo‘jaliklar uchun 
yuqori manyovrchan SKA-2,1N rusumli o‘rnatma ekish mashinasi ishlab chiqilgan 
[5]. Ammo bu mashinalarning ekish apparati cho‘l o‘simliklari urug‘ini belgilangan 
me’yorda bir xil ekaolmaydi. 
Tadqiqot usullari. Mazkur muammoni uzil-kesil hal etish uchun shunday 
mashinani yaratish lozimki, toki u tuproqqa zarur chuqurlikda va kenglikda ishlov 
berib ketish bilan birgalikda cho‘l o‘simliklari urug‘larini belgilangan me’yorda 
ekib, ularni zarur chuqurlikka ko‘mib ketishi lozim. Ya’ni, bir qancha texnologik 
operatsiyalarni bir o‘tishda bajaradigan kombinatsiyalashgan va energiya resurslarni 
tejovchi mashina bo‘lishi kerak. 
Shundan kelib chiqib cho‘l o‘simliklari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish va cho‘l 
yaylovlarda ozuqabop o‘simliklar urug‘ini sifatli ekish bugungi kundagi asosiy 
vazifalardan biri hisoblanadi. Olib borilayotgan tadqiqot ishi mavzusi ham shuvoq 
ekini urug‘ini ekuvchi seyalka ekish apparatining konstruktiv sxemasini ishlab 
chiqish va parametrlarini asoslashdek muhim ilmiy-texnik masalani еchishga 
yo‘naltirilgan. 

Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling