Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
106
mahsuldorligini oshirish muammosi еchimini topish maqsadida seyalkalar
uchun
qator eksperimental ekish apparatlari va ularnig qayta jihozlangan moslamalari taklif
etilgan. Ana shu seyalkalar va ularning qayta ishlangan
ekish apparatlari va
moslamalarining konstruksiyalari hamda funksional imkoniyatlari o‘rganildi.
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot institutida cho‘l ozuqabop
o‘simliklaridan izen va komforosmaning sochilmaydigan urug‘larini ekish
maqsadida SZT-3,6 don seyalkasi qayta jihozlangan. Cho‘l ozuqa o‘simliklari
urug‘lari qayta jihozlangan SZT-3,6A seyalkasi bilan ekilganda ular ballast, ya’ni
quruq qum bilan aralashtiriladi. Bunkerning hajmini kattalashtirish va SZT-3,6A
seyalkasining ish unumini oshirish maqsadida urug‘ va o‘g‘it
bunkeri orasidagi
bo‘linmalar olib tashlangan. “BMKB-Agromash” AJ konstruktorlik byurosi
QXMITI bilan hamkorlikda tuproqqa bir yo‘la ishlov beruvchi va fitomeliorantlar
urug‘larini (urug‘lik aralashmalarni) ekib ketuvchi AYM-2,1kombinatsiyalashgan
agregati, cho‘l ozuqabop o‘simliklar urug‘larini еtishtiruvchi xo‘jaliklar uchun
yuqori manyovrchan SKA-2,1N rusumli o‘rnatma ekish mashinasi ishlab chiqilgan
[5]. Ammo bu mashinalarning ekish apparati cho‘l o‘simliklari urug‘ini belgilangan
me’yorda bir xil ekaolmaydi.
Tadqiqot usullari. Mazkur muammoni uzil-kesil
hal etish uchun shunday
mashinani yaratish lozimki, toki u tuproqqa zarur chuqurlikda va kenglikda ishlov
berib ketish bilan birgalikda cho‘l o‘simliklari urug‘larini belgilangan me’yorda
ekib, ularni zarur chuqurlikka ko‘mib ketishi lozim. Ya’ni, bir qancha texnologik
operatsiyalarni bir o‘tishda bajaradigan kombinatsiyalashgan va energiya resurslarni
tejovchi mashina bo‘lishi kerak.
Shundan kelib chiqib cho‘l o‘simliklari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish va cho‘l
yaylovlarda ozuqabop o‘simliklar urug‘ini sifatli ekish bugungi kundagi asosiy
vazifalardan biri hisoblanadi. Olib borilayotgan tadqiqot ishi mavzusi ham shuvoq
ekini urug‘ini ekuvchi seyalka ekish apparatining konstruktiv
sxemasini ishlab
chiqish va parametrlarini asoslashdek muhim ilmiy-texnik masalani еchishga
yo‘naltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: