Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
113 
mos kelmaydigan nasoslarning pasport tavsiflariga ko‘ra bilvosita usullar va 
boshqalar bilan amalga oshiriladi.
Nasos stansiyalarining energiya samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichi 
bu elektroenergiya sarfining solishtirma me’yori hisoblanadi. Turli xil nasoslar va 
nasos stansiyalari ma’lum bir suv sarfini (masalan, 1000 m
3
) еtkazib berishda har xil 
miqdorda elektr energiyasini iste’mol qiladilar. Bu nasos va elektr dvigatelining 
markasi va ularning xizmat qilish muddati, geometrik bosim, quvur diametri va 
uning xizmat qilish muddati, bosimli quvurning bir ipida parallel yoki ketma-ket 
ishlaydigan nasoslar soni, nasos orqali еtkazib berilayotgan suv tarkibi va boshqa 
kabi omillarga bog‘liq.
Solishtirma me’yorlar qiymati 





3
мингм
с
кВт
da ya’ni, nasos bilan ko‘tarilgan 
suvning xar ming kub metriga to‘g‘ri keladigan kilovatt-soat elektr energiyasi 
iste’moli bilan o‘lchanadi. Bu kattalik nasos stansiyasining ishlash sifatini aniqlash 
uchun juda muhimdir. Har bir nasos stansiyasi uchun har yili bu kattalik 
tasdiqlanadi. Energiya xarajatlarining haqiqiy va me’yoriy qiymatlarini taqqoslash, 
foydalanishning texnik sifatiga ob’ektiv baho beradi, ishlatilgan zaxiralar yoki 
mavjud texnologik kamchiliklar to‘g‘risida miqdoriy xulosa chiqarish imkonini 
beradi, ya’ni nasoslar va nasos stansiyalarining energiya iste’molini qat’iy nazorat 
qilish va energiya tejashni rag‘batlantirish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. 
Ammo, har bir nasos stansiyasida 





3
мингм
с
кВт
ning
suratdagi qiymatini aniqlash 
uchun zamonaviy elektron elektr energiya iste’moli hisoblagichlari o‘rnatilgan 
bo‘lsa-da, nasos stansiyalarida hozirgacha maxrajidagi qiymatni aniqlashning 
bevosita usullari va moslamalari mavjud emas. 
Shu sababli, bugungi kunda nasoslar va nasos stansiyalarining ish sifatini 
haqiqiy me’yorga nisbatan elektr energiyasini iste’mol qilishning solishtirma 
me’yori bilan solishtirish orqali baholashni haqiqiy me’yorning ishonchli emasligi 
sababli ob’ektiv deb hisoblash mumkin emas. 
Katta quvur diametrli nasos stansiyalarida suv oqimi va sarfini o‘lchash 
usullari va elektron vositalarini ishlab chiqishning asosiy old shartlari quyidagilar: 
1. O‘zbekistondagi nasos stansiyalarida sarf o‘lchagichlarning yo‘qligi. 
2. Kerakli energiya rejimlari va suv ta’minoti grafiklarini saqlay olmaslik. 
3. Nasoslar va nasos stansiyalarining ish sifatini elektr energiyasini iste’mol 
qilishning solishtirma me’yori bilan haqiqiy me’yorni solishtirish yo‘li bilan nazorat 
qila olmaslik. 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling