Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
114
Elektromagnit sarf o‘lchagichlar elektr o‘tkazuvchan suyuqlik oqimida
induksiyalangan EDSni o‘lchashga asoslangan bo‘lib, bunda suyuqlik harakat
paytida magnit maydonni kesib o‘tadi. Elektromagnit induksiya qonuniga ko‘ra,
suyuqlikda paydo bo‘ladigan tok harakat yo‘nalishiga ham, magnit maydonning
yo‘nalishiga ham perpendikulyardir. Induksiyalanadigan EDS magnit maydonning
o‘tkazgichlarini kesib o‘tish tezligiga, ya’ni suyuqlikning xarakat tezligiga
proporsionaldir. Induksiyalanadigan EDSni o‘lchash orqali ochiq o‘zanlarda ham,
quvurlarda ham tezlikni o‘lchash mumkin.
Biroq, tavsiflangan sarf o‘lchagichlar 100-300 mm dan oshmaydigan quvur
diametrlari bilan ishlash qobiliyatiga egadir. O‘zbekiston nasos stansiyalarida
bunday quvurlar deyarli yo‘q.
Ultratovushli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi harakatlanuvchi
muhitning tovush tebranishini siljish xodisasiga asoslanadi. Tebranishlar oqim
tezligi yo‘nalishi bo‘yicha tarqalsa, tezlik yoki oqim sarfi qanchalik katta bo‘lsa, ular
belgilangan nuqtaga shunchalik tez еtib boradi. Ultratovushli sarf o‘lchagichlarda
bir nechta o‘lchash usullari mavjud:
- oqim bo‘ylab yoki unga qarama-qarshi yo‘naltirilgan ikkita ultratovush
tebranishlarining fazaviy siljishlaridagi farqni o‘lchash usuli;
- bir vaqtning o‘zida oqim bo‘ylab yoki unga qarama-qarshi yo‘naltirilgan
qisqa impulslar yoki ultratovushli tebranishlar paketlarining takrorlanish
chastotalaridagi farqni o‘lchash usuli;
- oqim bo‘ylab yoki unga qarama-qarshi bir vaqtning o‘zida yo‘naltirilgan
qisqa impulslarning o‘tishidagi farqni o‘lchash usuli.
Oqim tezligini o‘lchash uchun birlamchi o‘zgartirgichning konstruksiyasi -
quvur tarmog‘ining ichki devoridan 0,242 ga teng bo‘lgan o‘rtacha tezlik nuqtasiga
o‘rnatilgan bosim quvurcha ishlab chiqildi. Birlamchi o‘zgartirgichning
konstruksiyasi quvur tarmog‘ining diametriga, mahalliy oqim tezligi qiymatiga,
o‘lchov diapazoniga, ortiqcha bosimga va o‘lchanaetgan muhitning xususiyatlariga
bog‘liq ravishda tanlangan (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |