Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
105 
ozuqabop o‘simliklari urug‘lari to‘g‘risida so‘z ketganda toza urug‘lar emas, balki 
“urug‘li aralashma” tushunchasi to‘g‘riroq bo‘ladi. “Urug‘li aralashma” kichik 
solishtirma og‘irlikka ega va sochiluvchanligi past. Urug‘larning qobig‘ida turli xil 
qanotchalar rivojlangan. Bu xususiyat ham ularning sochiluvchanligini pasaytiradi.
Urug‘larning sochiluvchanligi ekishning bir tekis amalga oshirilishi va urug‘ 
sarfi me’yoriga ta’sir qiladi. Akademik A.N. Karpenko tomonidan qishloq xo‘jalik 
ekinlari urug‘larining sochiluvchanligini tabiiy qiyalikka (α) nisbatan 4 guruhga 
ajratadi: yuqori sochiluvchanlikka ega urug‘lar, sochiluvchan urug‘lar va 
sochiluvchanligi past hamda sochilmaydigan urug‘lar. 
Cho‘l ozuqabop o‘simliklari aksariyat turlarining urug‘lari yuqoridagi 
klassifikatsiya bo‘yicha past sochiluvchan yoki sochilmaydigan urug‘ guruhlariga 
mansubdir. Masalan, shuvoq, izen urug‘lari sochilmaydigan urug‘lar guruhiga 
mansub. Urug‘larning past sochiluvchanligi tufayli seyalkaning urug‘ bunkerida 
bo‘shliqlar paydo bo‘lib, urug‘ tushmay qoladi. Cherkez va cho‘g‘on urug‘lari 
ekilayotganda bo‘shliqlar tez hosil bo‘ladi, shuvoq, izen urug‘lari ekilayotganida esa 
kamroq. Cho‘l o‘simliklari urug‘larini ekuvchi seyalkalar ustida tadqiqot ishlari olib 
borilgan, ammo ekish apparatidagi kamchiliklar urug‘larni dala maydoni bo‘ylab bir 
xil taqsimlanishini ta’minlamaydi. 
Cho‘l va chala cho‘l yaylovlarni yaxshilash mexanizatsiya ishlari bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lib, cho‘l o‘simliklarini еtishtirish va yig‘ishtirishda 
qo‘llaniladigan turli mashinalar yaratilgan hamda tabiiy qurg‘oqchil yaylovlar 
degradatsiyasi bilan kurashish va ularning mahsuldorligini oshirish zaruriyatidan 
kelib chiqib, O‘rta Osiyo respublikalari va Rossiya Federatsiyasining ko‘pchilik 
ilmiy-tadqiqot institutlari xamda alohida tadqiqotchilar tomonidan mayda va 
sochilmaydigan urug‘larni ekishni mexanizatsiyalash, cho‘l ozuqabop 
o‘simliklarining biologik va xo‘jalik xususiyatlari, ekish xamda parvarishlash 
agrotexnikalari bo‘yicha AQSHda R.D. Harrison, K.B.Waldron, Turkmanistonda 
N.T.Nechaveva, L.S.Gayevskaya, A.G. Babayev Qozog‘istonda S.A.Abduraimov, 
Respublikamizda 
Z.Sh.Shamsutdinov, 
I.F.Momotov, 
M.M.Maxmudov, 
V.Yu.Shegay, Z.B. Naviskiy, A.R.Rabbimov va boshqa soha mutaxassislari 
tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Cho‘l ozukabop o‘simliklari 
urug‘larini ekish apparatlarining parametrlarini asoslash buyicha juda ko‘p 
O‘zbekiston va chet el olimlari yani A.N.Karpenko, V.Ye.Komaristova, 
G.M.Buzenkova, T.Musayev, S.Mamajonov, E.Farmonovlar bevosita ozukabop 
cho‘l o‘simliklari urug‘larini ekish usullari va ekish seyalkalari bilan shug‘ullangan. 

Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling