Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

UO‘T 631.331.99 
CHO‘L OZUQA O‘SIMLIKLARINI YETISHTIRISH 
TЕXNOLOGIYALARI VA TЕXNIKA VOSITALARI TAHLILI 
 
Sh.Umarov 
 Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instituti 
tayanch doktoranti 
G.Ibragimova 
 
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini 
mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti 
assistenti. 
 
Annotatsiya
Bu maqolada cho’l ozuqa o’simliklarini еtishtirish 
texnolo’giyalari va texnika vositalari ozuqabop o’simliklar ya’ni shuvoq o’simligini 
ekish va hosildorligini oshirish, cho’l mintaqasi tabiiy o’simliklar bilan chorva 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
103 
hayvonlarini yil bo’yi ozuqa manbai bilan ta’minlash tahlili keltirilgan. Bundan 
tashqari qumli cho’ldagi mavjud harakatchan qum massivlari va barxanlarning 
harakatini to’xtatish turli darajadagi yaylovlar tanazuli yuzaga kelgan еrlarni 
hosildorligini 
oshirish ozuqabop o’simliklar urug’ini sifatli ekadigan 
kombinatsiyalashgan mashinalarni qo’llash va samaradorligini oshirishdan iborat 
Kalit so΄zlar: 
suv manbai, atmosfera, chorva ozuqa, efemerlar, dengiz sathi, 
urugli aralashma, chorva mollar, chul yaylovlari,begona utlar, shuvoq-efemer. 
Kirish. O‘zbekiston hududining 22 mln. gektarga yaqin qismini egallagan 
cho‘l mintaqasi o‘ta qurg‘oqchil bo‘lib, yagona suv manbai bo‘lgan atmosfera 
yog‘in-sochini miqdori turli yillarda 80-340 mm dan ortmaydi, shu bois bu 
maydonlar dehqonchilik yuritish talablariga to‘la javob bermaydi. Cho‘l-
yaylovlarda o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi tuproqdagi namlik hisobiga bo‘lib, bu 
muammolarning еchimi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qishloq xo‘jaligining mexanizatsiya 
ishlari bilan bevosita bog‘liqdir. Chorva ozuqasini еtishtirishda sug‘oriladigan еrlar 
bilan bir qatorda lalmi va cho‘l maydonlarda ham katta imkoniyatlar mavjud bo‘lib, 
ulardan unumli foydalanish esa yaylovlarda yil davomida ozuqa o‘simliklarini 
o‘sishiga sharoit yaratish orqali chorva mollarining yaylovlarda yurib oziqlanishini 
ta’minlash bilan chorva mahsuldorligini oshirishga erishish mumkin.
Chorva uchun ozuqabop o‘simliklarni ko‘payishi esa tabiiy ravishda shamol va 
hayvonlar ta’sirida amalga oshadi. Ammo bugungi kunda ozuqabop o‘simliklar 
kamayib ketganligi hisobiga, ular chorva mollaridan ortmaydi, natijada esa 
o‘simliklar urug‘lashga ulgurmaydi, ularning o‘rnida chorva mollari еmaydigan 
begona o‘tlar ko‘paymoqda, shu bois yaylovlarning mahsuldorligi pasaymoqda. 
Cho‘l mintaqasining tabiiy o‘simlik qoplami azaldan chorva hayvonlari (qorako‘l 
qo‘ylar, echkilar, tuyalar, yirik shoxli hayvonlar va yilqilar) uchun yil bo‘yi ozuqa 
manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, cho‘l 
mintaqasi qurg‘oqchilik, haroratning o‘ta kontinentalligi, tuproqning o‘ta 
unumsizligi, sho‘rlanish darajasining yuqoriligi, harakatchan azotning kamligi kabi 
omillar yuzaga keltiradigan o‘simlik qoplamining siyrakligi, o‘z-o‘zini qayta tiklash 
xususiyatlarining sustligi, ko‘pchilik o‘simlik turlari vegetatsiya davrlarining qisqa 
mavsumiyligi (efemer va efemeroidlar), urug‘idan ko‘payishining uzluksiz emasligi 
bilan ajralib turadi. Boshqacha qilib aytganda, cho‘l yaylovlari ekologik jihatdan 
juda mo‘rt ekotizimlar hisoblanadi va har qanday noratsional xo‘jalik yuritish 
faoliyati ularni tanazzulga olib keladi. 
O‘zbekiston cho‘l yaylovlarini xo‘jalik belgilariga ko‘ra 3 asosiy tipga ajratish 
mumkin. Dengiz sathidan 600-1200 m balandlikda joylashgan tog‘ etaklari adir 
yaylovlari tipiga mansub. Bunday yaylovlarning umumiy maydoni 2 mln. gektardan 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling