Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
104
ortiq. Adir yaylovlari o‘simlik qoplamidan buta va yarim buta o‘simlik turlari
batamom yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Bu esa ularning to‘liq tanazzuliga
uchrashi ehtimolligining yuqoriligidan dalolat beradi. Gipsli cho‘l deb ataluvchi tog‘
ostki tekisliklari shuvoq-efemerli yaylovlar tipi deb ataladi. Bunday yaylovlarning
umumiy maydoni 9,0 mln. ga atrofida.
Shuvoq ushbu tipdagi yaylovlarning asosiy ozuqa o‘simligi hisoblanadi.
Shuvoq o‘rnini ozuqaviy xususiyatga ega bo‘lmagan isiriqning egallashi bunday
tipdagi yaylovlarning tanazzulini belgilaydi.
Qumli cho‘l (Qizilqum) da joylashgan yaylovlar (umumiy maydoni 9 mln ga
atrofida) buta va barra o‘tli yaylovlar tipiga mansub. Bunday yaylovlarning tanazzuli
tufayli harakatchan qumlar va barxanlar paydo bo‘ladi. Hozirgi kunlarda qumli
cho‘ldagi mavjud harakatchan qum massivlari va barxanlarning umumiy maydoni
2,5 mln ga atrofida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunlarda O‘zbekiston cho‘l yaylovlarining 40
foizida turli darajadagi yaylovlar tanazzuli yuzaga kelgan va ularning o‘rtacha
hosildorligi 21 foizga kamaygan [1; 2].
Yaylovlardagi o‘simlik qoplamini qayta tiklash, ularning hosildorligini
oshirish bo‘yicha Respublikamizda katta ilmiy yutuqlarga erishilgan va bir qator
samarali texnologiyalar ishlab chiqilgan [3; 4].
Hozirgi kunlarda yaylovlarni yaxshilashning 4-ta usuli mavjud: 1-yaylovlarni
tubdan yaxshilash; 2-yaylovlarni qisman (yengil) yaxshilash; 3-saksovulli
ihotazorlar (polosalar)ni yaratish; 4-qum yig‘uvchi jo‘yaklar tortish. Mavjud
texnologiyalarni qo‘llash orqali yaylovlar hosildorligini gektariga 2-3 sentnerdan
10 – 15 sentnerga еtkazish imkoniyatlari mavjud.
Oxirgi paytlarda respublikamizda QXMITI, “BMKB-Agromash” AJ
konstruktorlik byurosi va Qorako‘lchilik ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan cho‘l
yaylovlarini tanazzuldan himoyalash va mahsuldorligini oshirishning samarali
texnik еchimlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, bu еrda cho‘l ozuqabop
o‘simliklarining unuvchanligini oshirishning samarali usuli va bu usuldan
foydalanish orqali o‘simliklar urug‘larini ma’lum miqdorda tejash imkoniyatlari
ham o‘rganilgan. Ammo ular keng joriy etilmay qolmoqda. Buning asosiy
sabablaridan biri barcha mavjud texnologiyalar tuproqqa ishlov berishga
asoslanganligi
va
ularni
amalga
oshiruvchi
maxsus
mashina
hamda
mexanizmlarning hanuzgacha ishlab chiqilmaganligidir.
Cho‘l ozuqabop o‘simliklari urug‘lari odatdagi ozuqabop o‘simlik urug‘laridan
bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Birinchidan, urug‘lar mayda va
qo‘lda yig‘ishtirib olinadi, shu sababli ularning tozaligi juda past. Shu bois, cho‘l
Do'stlaringiz bilan baham: |