Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
Download 7.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish 95 xo’jaliklari hisobidagi uzunligi 5707,5 km bo’lgan ichki ochiq va yopiq kollektor- drenaj tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda, ularni texnik holatini soz saqlash uchun еrdan foydalanuvchilarga texnik yo’l yo’riq ko’rsatib, tegishli chora ko’rish uchun tavsiyalar berib boradi. Ekspeditsiya tomonidan amalga oshiriladigan еrlarning meliorativ holatini nazorat qilishishlari asosan еr osti sizot va bosimli suvlarining sathini o’lchab borish, ularning mineral tarkibini aniqlash, sug’orishda foydalaniladigan oqava suvlarining sifatini tekshirish hamda sug’oriladigan еrlardan chiqib ketayotgan sizot suvlarining minerallik darajasini aniqlash, shuningdek еrlarning sho’rlanish darajasini belgilash, sho’r yuvish samaradorligini aniqlash kabi ishlar asosida tuzilgan. Bulardan tashqari, viloyat sug’oriladigan еr maydonlaridagi barcha klaster va fermer xo’jaliklari hisobida turgan ichki, xo’jaliklararo va sug’oriladigan maydonlardan tashqaridagi katta suv tashlamalarining ishlash qobiliyatlarini nazorat qilib, ularni texnik holatini yaxshilash borasida tadbirlar ishlab chiqib, ularni amalga oshirilishini nazorat qiladi. Ekspeditsiyada viloyatdagi mavjud tik drenaj quduqlarining ishlash rejimini ishlab chiqib, yil davomida tegishli o’zgartirishlar kiritiladi va berilgan rejim asosida ishlashini nazorat qilib boradi. Shuningdek drenaj quduqlaridan kerakli holatlarda suv namunalari olib kimyoviy labaratoriyada tahlil qilinadi. Sug’oriladigan еrlarning meliorativ holatini baholash va kerakli tadbirlar ishlab chiqish uchun har bir tuman bo’yicha 1- aprel, 1- iyul hamda 1- oktyabr holatida еr osti sizot suvlari sathini joylashuvi va mineral tarkibi bo’yicha xaritalar tuziladi. Shuningdek, vegetatsiya davri oxiriga borib shu davrdagi еr osti sizot suvlari joylashuv chuqurliklarining o’rtacha qiymati bo’yicha xarita tuziladi va bu meliorativ kadastr tuzishda asosiy omil hisoblanadi. Meliorativ kadastr tuzishda har yilda bir marotaba barcha tumanlarda o’tkaziladigan еrlarni sho’rlanishi asosida tuzilgan sho’rlanish xaritasidan ham foydalaniladi. Ekspeditsiyada amalga oshirilishi kerak bo’lgan gidrogeologik-meliorativ ishlarni to’laligicha va sifatli amalga oshirish maqsadida bo’limlar va bo’linmalar tuzilgan bo’lib, ular O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizastiyalash muxandislari instituti qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti (ISMITI) maxsus qo’llanmalari asosida ish faoliyatlarini olib boradilar. Tuman melioratsiya bo’limlari sug’oriladigan еrlarning meliorativ holati to’g’risidagi ma’lumotlarni, kollektorlarni texnik holati va ularni tozalash ishlarini rejalashtirish, tik drenaj quduqlari ishini nazorat qilish hamda ularni ishlash grafik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling