Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Download 7.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi
Kalit so‘zlar: gidroelektrostansiya, suv ombor, nasos stansiya, kanal, bosim,
to‘g‘on, generator, quvvat, suv sarfi. Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish 89 Kichik gidroenergetika markaziy elektr tarmoqlaridan uzoqda joylashgan va kichik quvvat iste’mol qiladigan iste’molchilar uchun samarali manba hisoblanadi. Kichik gidroenergetikani iste’molchiga yaqinligi, qurilishning qisqa muddati, energiya ta’minotining yuqori ishonchliligi, iste’molchiga kichik masofalarga uzatishda kam energiya yo‘qolishlari, o‘rnatilgan 1 kVt quvvatning maqbul xarajatlari va 1 kVt soat elektroenergiyasining tannarxi, atrof-muhitga bo‘ladigan ekologik ta’sirning minimalligi, iqtisodiy jihatdan samarali qiladi. Meliorativ ob’ektlarning gidroenergetik uskunalari, masalan, meliorativ maqsadlar uchun mo‘ljallangan bosimli suv quvurlari, kanallar va suv omborlari, nasos stansiyalari yirik kaskadlarining quvur tarmoqlari va magistral kanallaridan foydalanganda kichik GESlarda 1 kVt elektroenergiyaning narxi kichik bo‘ladi. Kichik GES va GAESlarining asosiy gidroenergetik uskunalari uchun еtkazib berish muddati, elektroenergiyani ishlab chiqarish narxi, o‘rnatish va ishga tushirish xamda texnik xizmat ko‘rsatishning qulayligi bo‘yicha eng qulay еchimlarni aniqlash va tanlash doim muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy GES uskunalari - gidroturbinalar, sinxron generatorlar va ularni boshqarish tizimlari barcha turdagi va hatto kichik ehtimolli yoki kam ish soatli rejimlarda maksimal samaradorlikni ta’minlash uchun moslashtirilgan. Bu agregatlarning murakkablashishi va qimmatlashishiga, o‘rnatish, sozlash va ekspluatatsiya qilishdagi qiyinchiliklarga va xatto ishonchliligini pasayishiga olib keladi. Sinxron va asinxron generatorlar bilan kichik GESlarni jixozlashda sinxron generatorlar avtomatik qo‘zg‘alish regulyatorlarining ish sharoitlari sinxron generatorlarning yagona ishlashiga nisbatan qo‘zg‘alish regulyatorini sozlash parametrlarining barqarorlik va tekislik mintaqalariga bog‘liq ravishda sezilarli darajada yaxshilanadi. Sinxron va asinxron generatorlar bu o‘z-o‘zini boshqaruvchi tizimdir, ya’ni hosil bo‘lgan tebranishlar tez bostiriladi. Asinxron generatorlari mavjud bo‘lgan elektr stansiyalarida o‘zgaruvchi jarayonlar sifati dinamik jarayonlarda sinxron generatorlarga nisbatan yaxshiroqdir. Dastlabki tahlillar shuni ko‘rsatdiki, nasoslar va asinxron elektrdvigatellaridan iborat kichik GESlar gidroturbinalar va sinxron generatorlardan iborat bo‘lganlarga qaraganda sodda va arzondir. Ularni ekspluatatsiya qilish, avtomatizatsiyasi va himoyasi oson, elektr jihozlarining ishonchliligi yuqori. Ekspluatatsion xodimlar kam talab qilinadi, ta’mirlash uchun to‘xtashlar kamroq, natijada GES agregatlarining FIK biroz pasayishini kompensatsiyalaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling