Annotasiya ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillariadagi fish\baliq


Download 25.4 Kb.
bet1/3
Sana23.10.2023
Hajmi25.4 Kb.
#1716475
  1   2   3
Bog'liq
Ingliz va o


INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA FISH\BALIQ KOMPONENTLI MAQOLLAR SEMANTIKASI
Uralova Oysuluv Poyan qizi
f.f.f.d.(PhD)
Termiz davlat pedagogika instituti
Uralova Oysuluv Poyan qizi
3-sho’ba
ANNOTASIYA
Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillariadagi fish\baliq komponentli maqollar semantikasi o’rganilgan. Fish\baliq komponentli ingliz maqollarining o’zbek maqollariga ekvivalent muqobil variantlari aniqlangan. Ingliz va o’zbek tillaridagi Fish\baliq komponetli maqollar faktik materiallar asosida tahlilga tortilgan.
Kalit so’zlar: Fish\baliq, ekvivalent, maqol leksema, semantika, hayvon nomlari, ingliz tili, o’zbek tili.
Xalqaro miqyosda tilshunoslik ilmiy maktablari, markazlarida frazeologiya, paremiologiya, qiyosiy paremiologiya, lingvokulturologiya masalalarini nazariy va ilmiy jihatdan oʼrganish boʼyicha qator ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu ilmiy ishlarda maqollarning oʼziga xos xususiyatlarini oʼrganish, qardosh, qardosh boʼlmagan tillardagi paremiyalarni qiyosiy-tipologik asosda tahlil qilishga katta eʼtibor qaratilmoqda.[1.3-b.]
Maqol va iboralarning sturuktur-semantik, badiiy estetik xususiyatlarini tadqiq etgan olimlar: Г.Л.Пермяков, В.В.Гвоздев, Н.Барли, В.В.Жуков, З.К.Тарланов, А.Таylor, M.Kuusi, A.Krikmann, N.Norrick, X.D.Abdullayev, P.U. Bakirov, G.E. Xakimova, O.P. Uralova.
Yovvoyi va uy hayvonlari, parrandalar, qurt qumursqalar kabilarni atab keluvchi so’zlar hayvon nomlarini tashkil qiladi. [2. 21.b].
Hayvonlarning jamiyat hayotiga kirib kelishi natijasida ularning xatti harakatlari, xususiyatlari insonlarga ko’chirila boshlagan va bu xalq og’zaki ijodida turli xil maqollarning paydo bo’lishiga olib kelgan. Bugungi kunda hayvon nomlari asosida shaklllangan maqollar turli tumandir. [3.82-b].
Baliq suzgichlari bo’lgan, oyquloqlari orqali nafas oladigan suv jonvori [2. 75-b] bo’lib, ingliz va o’zbek tillarida bu leksema orqali shakllangan maqollarni quyudagicha semantik tahlilga tortdik.
Ingliz tilidagi Fish begins to stink at the head maqoliga o’zbek tilidagi quyudagi maqolni ekvivalent sifatida keltirish mumkin. Baliq boshidan sasiydi var:” Suv boshidan loyqar”, “Daryo boshidan loy kelsa, quyi oqim g’oratga duchor”. Majoziy ma’nosi:Har bir ish boshida chatoq, xom qilingan bo’lsa, bora-bora battar bo’laveradi. Xar qanday buzilish, yemirilish, inqiroz, tartibsizlik notinchlik avvalo yuqoridan boshlanadi. O’tmishda ilg’or dunyo qarashli kishilar mavjud ijtimoiy tuzumning buzuqligiga sabab, birinchi navbatda, mamalakatni boshqarib turgan( podsho, xon, amir) larning ma’nan buzuqligi, adolatsizligi, kaltabinligi hamda xalqni noto’g’ri yo’ldan boshlab borishida ekanligini bir qadar tushunib yetganlar va mazkur maqollarni ularga nisbatan achchiq kinoya tarzida qo’llaganlar.Ingliz tilidagi There's as goodfish in the sea maqoliga o’zbek tilidagi Keng bo’lsang, Kam bo’lmaysan, Keng bo’lgan keng yashar, Keng bo’lgan teng yashar, Keng bo’lganga g’am yuqmas kabi maqollarni ekvivalent sifatida keltirishimiz mumkin. Ya’ni yuragi keng, ko’ngli ochiq, qo’li ochiq sahiy odam el-yurt o’rtasida obro’ etibor qozonadi,o’zgalarning izzat hurmatiga sazavor bo’ladi. Yuqoridagi maqolning mantiqiy davomi sifatida inglizcha Venture a small fish to catch a great one maqoli va unga ekvivalent sifatida quiyidagi maqolni keltirishimiz mumkin. Cахийнинг қўли очиқ, Қўли очиқнинг йўли очиқ. Demak har bir inson qo’li ochiq sahiy odam bo’lsa, u el-yurt orasidagi hurmat qozonibgina qolmasdan balki shu insonning ishlari ham rivojlanib ketaveradi.

Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling